Mashhur qidiruvlar:

tavhid namoz zakot
Bosh sahifa >Namoz >Xufton va vitr namozlarining qazosini o’qilish vaqtlari haqida

Xufton va vitr namozlarining qazosini o’qilish vaqtlari haqida

Nashr sanasi: June 1, 2025

Savol :

Xufton namozi qazo bo‘lganida, xufton va vitrning qazosi aynan bir vaqtda o‘qilishi kerakmi?
Yoki farzning qazosi bir vaqtda, vitrning qazosi esa boshqa vaqtda o‘qilsa ham bo‘ladimi?

Javob :

O’xshash savol-javoblar

Xuftondan subh namozigacha bo‘lgan vaqt oraligi vitr namozini o‘qish vaqti hisoblanadi. Shuning uchun, vitrni shu oraliqda niyat qilib, “qazo vitr” deb o‘qilsa, joiz bo’adi.

Bismillah, alhamdulillah, vassalatu vassalamu ‘ala Rasulillah. Ammo ba’d:
Bu masalada vitrni boshqa paytda o‘qisa ham bo‘ladi. Uni albatta xufton bilan birga o‘qish kerak, degan joyi yo‘q. Chunki xufton – alohida, vitr – alohida ibodatdir.

Faqat vitr namozining vaqti xuftondan keyin kiradi. Ularning o‘zaro bog‘liqligi mana shu yerda: agar vitr xuftondan oldin o‘qilsa, bu to‘g‘ri bo‘lmaydi. Vitrni xuftondan keyin, subh namozigacha bo‘lgan oraligi o‘qish vaqti hisoblanadi.

Shuning uchun, vitrni qachon o‘qilsa ham, agar niyat qilib, “qazo vitr” deb o‘qilsa, kifoya qiladi.

Allohu a’lam.

Javob muallifi:

Shayx Sodiq Samarqandiy

Maqola foydali bo’ldimi?

2

  • Bir yildan beri Rossiyadaman, namozimni to‘liq o‘qishim kerakmi?

    August 31, 2026
  • Yangi namoz boshlaganlarga nasihat qiling.

    August 20, 2026
  • Ayollar masjidda azon aytilishini kutmay, taqvimga ko‘ra namozni vaqtida o‘qishi afzalmi?

    August 13, 2026
  • Qazo namozlar qachon o‘qiladi?

    August 11, 2026
  • Masjidlarda qurilish va ta’mirlash uchun kerakli mablag‘ yig‘ib bo‘linganidan keyin ham yana pul yig‘ish to‘g‘rimi?

    July 25, 2026
  • Bomdodni ko‘p qazo qilyapman…

    July 25, 2026