Mashhur qidiruvlar:

tavhid namoz zakot
Bosh sahifa >Namoz >Masjidlarda qurilish va ta’mirlash uchun kerakli mablag‘ yig‘ib bo‘linganidan keyin ham yana pul yig‘ish to‘g‘rimi?

Masjidlarda qurilish va ta’mirlash uchun kerakli mablag‘ yig‘ib bo‘linganidan keyin ham yana pul yig‘ish to‘g‘rimi?

Nashr sanasi: July 25, 2026

Savol :

Ustoz, ayrim masjidlarda mas’ul shaxslar masjid qurilishi yoki ta’mirlash ishlari uchun doimiy ravishda ehson yig’ishadi. Hatto kerakli mablag’ yig’ilgan bo’lsa ham, yana pul so’rashda davom etishadi.

Shu sababli ba’zi odamlar: “Bunday imomning orqasida namoz o’qib bo’lmaydi”, deb masjid va jamoat namoziga bormay qo’yishadi.

Shunday tarzda pul yig’ish to’g’rimi? Jamoat namozi qanchalik muhim?

Javob :

O’xshash savol-javoblar

Masjid uchun yig’ilgan mablag’ni qanday ishlatish mas’ul shaxsning o’z zimmasidagi omonatdir.

 Bismillah,

Alloh taologa hamdlar, undan keyin payg‘ambar kelmaydigan oxirgi payg‘ambar, uning oilasi, sahobalari va qiyomatgacha ularga yaxshilik bilan ergashganlarga salovot va salomlar bo’lsin

Masjid uchun yig’ilgan mablag’ni qanday ishlatish mas’ul shaxsning o’z zimmasidagi omonatdir. Agar u odamlar bergan pullarni halol yo’l bilan, belgilangan maqsadda ishlatsa, bu yaxshi amaldir. Ammo masjid nomidan pul yig’ib, uni boshqa maqsadlarga yoki shaxsiy manfaatiga sarflasa, buning javobini qiyomat kuni albatta o’zi beradi.

Siz esa ehsonni Alloh uchun bergan bo’lsangiz, niyatingizga yarasha ajringizni olasiz. Mablag’ni noto’g’ri ishlatgan odamning gunohi sizga yuklanmaydi.

Bu holat jamoat namozini tark qilishga sabab bo’lmasligi kerak. Masjidga boring va jamoat bilan namozingizni o’qing. Bir kishining gunohi yoki xatosi sizni jamoat namozidan mahrum qilmasin.

Agar har kimning biror kamchiligi sababli uning orqasida namoz o’qilmaydigan bo’lsa, unda deyarli hech kimning orqasida namoz o’qib bo’lmay qolardi. Chunki hech bir inson farishta emas, har bir kishining o’ziga yarasha kamchiligi bo’lishi mumkin.

Shuning uchun, imom namozni to’g’ri o’qiyotgan bo’lsa, siz ham jamoat bilan namozingizni ado eting va ajringizni oling.

Ammo agar kimdir odamlarning molini nohaq yo’l bilan yegan bo’lsa, buning hisob-kitobini qiyomat kuni o’zi beradi.

Vallohu a’lam.

Javob muallifi:

Shayx Sodiq Samarqandiy

Maqola foydali bo’ldimi?

1

  • Bomdodni ko‘p qazo qilyapman…

    July 25, 2026
  • Qarz olib Haj qilishning hukmi

    July 21, 2026
  • Hajni qarzni to‘lashdan oldin ado etish hukmi

    July 21, 2026
  • Samalyotda namoz o‘qish qoidasi qanday bo‘ladi?

    July 21, 2026
  • Namozga beparvo bo‘lib qoldim, nasihat qiling.

    July 17, 2026
  • Tavbadan so‘ng qazo namoz va ro‘zalar ham kechiriladimi?

    July 17, 2026