Mashhur qidiruvlar:

tavhid namoz zakot
Bosh sahifa >Namoz >Qazo namozlar qachon o‘qiladi?

Qazo namozlar qachon o‘qiladi?

Nashr sanasi: August 11, 2026

Savol :

Xolam kasal bo‘lib namozlarni o‘qiy olmay qoldi.

Peshin, Asr, Shom va Xuftondan oldin qazo namozlarini o‘qib olsa bo‘ladimi? Qaysidir domla namozga kirishdan oldin qazo namozlarini o‘qisa bo‘ladi, degan ekan.

Javob :

O’xshash savol-javoblar

Albatta bo‘ladi. Domla to‘g‘ri aytgan. Qazo namozlarini imkon qadar o‘qib borish kerak.

 Bismillah,

Alloh taologa hamdlar, undan keyin payg‘ambar kelmaydigan oxirgi payg‘ambar, uning oilasi, sahobalari va qiyomatgacha ularga yaxshilik bilan ergashganlarga salovot va salomlar bo’lsin

Albatta bo‘ladi. Domla to‘g‘ri aytgan.

Qazo namozlarini imkon qadar o‘qib borish kerak. Alloh taolo aytadi:

﴿فَاتَّقُوا اللَّهَ مَا اسْتَطَعْتُمْ﴾

“Qo‘lingizdan kelganicha Allohdan taqvo qilinglar.”

Peshindan oldin o‘qiydimi, Asrdan oldin o‘qiydimi — buning zarari yo‘q. Domla odamga oson bo‘lishi uchun shunday yo‘lni tavsiya qilgan bo‘lsa kerak. Masalan, Peshindan oldin bitta Peshin qazosini, Asrdan oldin bitta Asr qazosini o‘qib borsa, sekin-asta qazo namozlari kamayib boradi.

Demak, bu qazo namozlarini asta-sekin ado etishning qulay usullaridan biridir.

Bu masalada qo‘ldan kelganicha harakat qilinadi. Imkoningiz yetganicha ado eting. Agar uzr sababli hammasini bajara olmasangiz, Alloh taolo uzrni qabul qiluvchi Zotdir.

Vallohu a’lam.

Javob muallifi:

Shayx Sodiq Samarqandiy

Maqola foydali bo’ldimi?

1

  • Yangi namoz boshlaganlarga nasihat qiling.

    August 20, 2026
  • Ayollar masjidda azon aytilishini kutmay, taqvimga ko‘ra namozni vaqtida o‘qishi afzalmi?

    August 13, 2026
  • Masjidlarda qurilish va ta’mirlash uchun kerakli mablag‘ yig‘ib bo‘linganidan keyin ham yana pul yig‘ish to‘g‘rimi?

    July 25, 2026
  • Bomdodni ko‘p qazo qilyapman…

    July 25, 2026
  • Qarz olib Haj qilishning hukmi

    July 21, 2026
  • Hajni qarzni to‘lashdan oldin ado etish hukmi

    July 21, 2026