Mashhur qidiruvlar:

tavhid namoz zakot
Bosh sahifa >Namoz >Yangi namoz boshlaganlarga nasihat qiling.

Yangi namoz boshlaganlarga nasihat qiling.

Nashr sanasi: August 20, 2026

Savol :

Ustoz, yangi namozga kirgan erkak-ayollarga nasihat qilsangiz, shoyad ularning namozga qiziqishlari yanada ortsa va namozning ahamiyatini yanada yaxshiroq tushunishsa.

Javob :

O’xshash savol-javoblar

Biz bu hayotdan olib ketayotgan narsamiz — shu ibodatimiz, amalimiz. Qiyomat kunida birinchi so‘raladigan narsalardan biri namozdir.

Bismillah,

Alloh taologa hamdlar, undan keyin payg‘ambar kelmaydigan oxirgi payg‘ambar, uning oilasi, sahobalari va qiyomatgacha ularga yaxshilik bilan ergashganlarga salovot va salomlar bo’lsin

Haqiqatan, bu yangi namozga kirganlarga ham, eskilarga ham — hammamiz uchun bir eslatma. Namoz juda ham muhim narsa. «الصَّلَاةُ خَيْرُ مَوْضُوعٍ» — namoz eng yaxshi qo‘yilgan narsadir. Biz bu hayotdan olib ketayotgan narsamiz — shu ibodatimiz, amalimiz. Qiyomat kunida birinchi so‘raladigan narsalardan biri namozdir.

Alloh taolo aytadi:

وَٱسْتَعِينُوا۟ بِٱلصَّبْرِ وَٱلصَّلَوٰةِ ۚ وَإِنَّهَا لَكَبِيرَةٌ إِلَّا عَلَى ٱلْخَـٰشِعِينَ

Sabr va namoz ila yordam so`rang. Va albatta, u nafsi siniqlardan boshqalarga juda katta ishdir.

Namoz juda og‘ir ish, illo Allohdan qo‘rqqan odamlar uchun yengildir. Alloh xohlasa, bu narsani yengil qilib qo‘yadi.

Rasululloh aytganlarki, biz bilan anavilar — ya’ni kofirlar — o‘rtasidagi farq namozdir. Ya’ni mo‘min odamning namoz o‘qimaydigan bo‘lishi tasavvur qilinmaydi.

Alloh taolo munofiqlar haqida aytganida: “Namozga ular dangasalik bilan keladilar”, deb aytgan. Namozni dangasalik bilan o‘qiydigan, xayoli joyida bo‘lmaydigan, namozni yomon ko‘radigan, yoqtirmaydigan odamning qalbida nifoq bor, degani.

Mo‘min odamning qalbi musaffo bo‘lsa, namozni yaxshi ko‘radi. Mo‘min odamning namoz o‘qimaydigan bo‘lishini ulamolar tasavvur qilmagan. Sahobalar davrida, tobeinlar davrida buning vujudi bo‘lmagan. Namoz o‘qimaydigan odam bo‘lmagan.

Mo‘min odam degani — namoz o‘qiydigan odam degani.

Mana, Fir’avnning sehrgarlari haqida Alloh taolo aytadi. Fir’avnning sehrgarlari Muso alayhissalomning haqligini ko‘rgan zahotiyoq sajdaga yiqildilar. Ular iymon keltirdik deyishdan oldin sajdaga yiqilib, sajdada: “Biz iymon keltirdik”, deyaptilar.

Hali og‘zida iymon kalimasini aytishdan oldin amalda sajdaga yiqilyapti. Mana bu iymon. Iymon odamning ichidan portlagandan keyin inson sajda qilmay tura olmaydi. Ko‘p sajda qiladigan bo‘lib qoladi, ko‘p namoz o‘qiydi, nafllarni ko‘paytiradi, Allohga yaqinlashgisi kelaveradi.

Bu — iymondan.

Mana shuning uchun namozning ahamiyati juda ham katta. Bu biz olib ketayotgan narsamiz. Hammamiz namozga ko‘proq e’tibor berishimiz, Alloh taologa bog‘lanib, ko‘proq duo qilishimiz kerak.

Bu umr juda ham qisqa. Qarabsizki, yoshingiz bir joyga yetib, hayotning bir narsasini ko‘rib-ko‘rmay odam o‘tib ketib qolar ekan.

Shuning uchun bugungi kunimiz, hozir nafasimiz kirib-chiqib turgani g‘animat ekan, eng katta e’tibor berishimiz kerak bo‘lgan narsa — namozdir.

Alloh hammamizni muvaffaq qilsin, namozda sobitqadam qilsin.

Allohumma amin.

Javob muallifi:

Shayx Sodiq Samarqandiy

Maqola foydali bo’ldimi?

1

  • Ayollar masjidda azon aytilishini kutmay, taqvimga ko‘ra namozni vaqtida o‘qishi afzalmi?

    August 13, 2026
  • Qazo namozlar qachon o‘qiladi?

    August 11, 2026
  • Masjidlarda qurilish va ta’mirlash uchun kerakli mablag‘ yig‘ib bo‘linganidan keyin ham yana pul yig‘ish to‘g‘rimi?

    July 25, 2026
  • Bomdodni ko‘p qazo qilyapman…

    July 25, 2026
  • Qarz olib Haj qilishning hukmi

    July 21, 2026
  • Hajni qarzni to‘lashdan oldin ado etish hukmi

    July 21, 2026