Mashhur qidiruvlar:

tavhid namoz zakot
Bosh sahifa >Namoz >Vitrni xuftondan alohida o‘qish shartmi?

Vitrni xuftondan alohida o‘qish shartmi?

Nashr sanasi: June 3, 2026

Savol :

Bizning yurtda vitr namozi xuftondan keyin qo‘shib o‘qiladi. Shu sababli vitrni xuftonning sunnatiga qo‘shib o‘qisam bo‘ladimi yoki vitrni alohida o‘qishim kerakmi?

Javob :

O’xshash savol-javoblar

Vitr masalasida ish keng.

Bismillah,

Alloh taologa hamdlar, undan keyin payg‘ambar kelmaydigan oxirgi payg‘ambar, uning oilasi, sahobalari va qiyomatgacha ularga yaxshilik bilan ergashganlarga salovot va salomlar bo’lsin.

Savolni to‘liq tushunmadim.

“Sunnatiga qo‘shib o‘qisam” deganingiz:

  • sunnatni o‘qib salom berib,
  • keyin vitrni o‘qishmi?

Agar shunday bo‘lsa, bunda muammo yo‘q. Odamlar qanday o‘qiyotgan bo‘lsa, siz ham shunday qilaverasiz.

Ya’ni:

  • xuftonning ikki rakat sunnatini o‘qiysiz,
  • undan keyin vitrni o‘qiysiz.

Lekin agar:

  • sunnatda salom bermasdan,
  • birdan uni vitrga ulab yuborsangiz,

unda odamlar odatiga xilof qilib, fitnaga sabab bo‘lib qolishingiz mumkin.

Shuning uchun:
masjidda o‘qiyotgan bo‘lsangiz, odamlardan ajralib ketadigan ish qilmaganingiz yaxshi.

Masjidda:

  • xuftondan keyin sunnat bor,
  • sunnatni o‘qiysiz,
  • keyin vitrni o‘qiysiz.

Yoki xohlasangiz:

  • vitrni masjidda o‘qiysiz,
  • yoki uyga borib o‘qiysiz.

Ikkalasi ham joiz.

Vitr masalasida ish keng.

Odam:

  • uch rakat,
  • besh rakat,
  • yetti rakat
    qilib o‘qishi ham mumkin.

Hatto ba’zi sahobalardan bir rakat vitr ham rivoyat qilingan.

Masalan, Uthman ibn Affan رضي الله عنه dan bir rakat vitr o‘qiganlari rivoyat qilingan. U zot o‘sha bir rakatda Qur’onni xatm qilganlar.

Ka’bada, hijr ichida turib vitr o‘qib, Qur’onni xatm qilganlari zikr qilingan.

Lekin bir rakat vitrni doimiy odat qilish yaxshi emas, balki:

  • charchoq,
  • ehtiyoj,
  • ayrim holatlarda
    bo‘lishi mumkin.

Shuning uchun vitr masalasida kenglik bor.

Masjidda o‘qisangiz:

  • sunnatni alohida o‘qing,
  • keyin vitrni o‘qing.

Yaxshisi shu.

Vallohu a’lam.

Javob muallifi:

Shayx Sodiq Samarqandiy

Maqola foydali bo’ldimi?

1

  • Muqtadiy 3- va 4-rakaatda “Fotiha” o‘qishi yonidagilarga yoqmasa, nima qilishi kerak?

    May 25, 2026
  • Peshin farzidan keyin necha rakaat sunnat o‘qish afzal?

    May 4, 2026
  • Namozda ayol kishining oyog‘i avrat sanaladimi?

    April 29, 2026
  • Peshinni asr vaqtiga taqab o‘qisa bo‘ladimi?

    April 29, 2026
  • O‘n yillikk qazo namozlarim tugadi, yana o‘qisam bo‘ladimi?

    April 23, 2026
  • Namoz uchun poklanish qay darajada bo‘ladi?

    April 23, 2026