Mashhur qidiruvlar:

tavhid namoz zakot
Bosh sahifa >Namoz >Ustoz, xufton namozini shomdan bir soat keyin o‘qib olsam bo‘ladimi?

Ustoz, xufton namozini shomdan bir soat keyin o‘qib olsam bo‘ladimi?

Nashr sanasi: May 24, 2025

Savol :

Ustoz, xufton namozini shomdan bir soat keyin o‘qib olsam bo‘ladimi?

Javob :

O’xshash savol-javoblar

Qisqacha javob; Agar shom azonidan keyin bir soat o‘tsa — hali xufton vaqti kirmagan bo‘ladi. Lekin agar shom namozi o‘qib bo‘linganidan so‘ng bir soat o‘tsa — xufton vaqti kirgan bo‘lishi mumkin. Aniq hukm uchun joyingizdagi namoz taqvimiga qarang.

Alloh taologa hamdlar, undan keyin payg‘ambar kelmaydigan oxirgi Payg‘ambar, uning oilasi, sahobalari va qiyomatgacha ularga yaxshilik bilan ergashganlarga salovot va salomlar bo‘lsin.

Shomdan deganingizda, shomning azonidan desangiz — bu mumkin emas. Chunki shomning azonidan bir soatdan keyin xufton vaqti kirmaydi. Ya’ni ko‘proq vaqt o‘tishi kerak. Taxminan bir soat 20 daqiqaga yaqin o‘tishi kerak bo‘ladi.

Ammo shomdan degani — shomda o‘qib bo‘lgandan keyin desangiz, o‘zi shom vaqti kirganidan 15–20 daqiqa o‘tib ketgan bo‘ladi. Shuning uchun, agar shomni o‘qib bo‘lganingizdan bir soat o‘tgan bo‘lsa, xufton vaqti kirgan bo‘ladi.

Endi, savol bunday umumiy berilmasligi kerak. Xufton vaqti kirishini aniqlovchi taqvimingiz yoki azon ilovangiz bo‘lsa, unga qarang. Qayerda yashayotgan bo‘lsangiz, o‘sha joydagi aniq namoz vaqti bo‘yicha amal qiling. Shunga qarab xufton namozini o‘qisangiz, to‘g‘ri bo‘ladi. Vallohu a’lam.

Javob muallifi:

Shayx Sodiq Samarqandiy

Maqola foydali bo’ldimi?

1

  • Bir yildan beri Rossiyadaman, namozimni to‘liq o‘qishim kerakmi?

    August 31, 2026
  • Yangi namoz boshlaganlarga nasihat qiling.

    August 20, 2026
  • Ayollar masjidda azon aytilishini kutmay, taqvimga ko‘ra namozni vaqtida o‘qishi afzalmi?

    August 13, 2026
  • Qazo namozlar qachon o‘qiladi?

    August 11, 2026
  • Masjidlarda qurilish va ta’mirlash uchun kerakli mablag‘ yig‘ib bo‘linganidan keyin ham yana pul yig‘ish to‘g‘rimi?

    July 25, 2026
  • Bomdodni ko‘p qazo qilyapman…

    July 25, 2026