Mashhur qidiruvlar:

tavhid namoz zakot
Bosh sahifa >Har xil >Tipratikan go‘shti va qonidan davo maqsadida foydalanish joizmi?

Tipratikan go‘shti va qonidan davo maqsadida foydalanish joizmi?

Nashr sanasi: April 20, 2026

Savol :

Bir tanishimning to‘rt yoshli qizchasining butun badanida, hatto bosh va yuzlarida ham tug‘ma yaralari bor. Doktorlar muolaja va dori-darmonlar qilishdi, lekin foydasi bo‘lmayapti. Yara sababli qizcha ozg‘in va nimjon.

Ota-onasi bu dardga davo izlashyapti. Xuddi shunaqa kasallikka tipratikan go‘shtidan sho‘rva qilib ichib, qonini o‘sha yaralarga surtib, o‘shandan tuzalganlar bor ekan. Ustoz, tipratikanning go‘shti va qonidan davo uchun foydalansa bo‘ladimi?

Javob :

O’xshash savol-javoblar

O‘zi tipratikan masalasida ixtilof bor. Masalan, Molikiy va Shofi’iy mazhablarida u halol deyiladi. Ya’ni bu ixtilofli masala bo‘lgani uchun bu yerda ish yengilroq bo‘ladi.

Bismillah,

Alloh taologa hamdlar, undan keyin payg‘ambar kelmaydigan oxirgi payg‘ambar, uning oilasi, sahobalari va qiyomatgacha ularga yaxshilik bilan ergashganlarga salovot va salomlar bo’lsin.

O‘zi tipratikan masalasida ixtilof bor. Masalan, Molikiy va Shofi’iy mazhablarida u halol deyiladi. Ya’ni bu ixtilofli masala bo‘lgani uchun bu yerda ish yengilroq bo‘ladi.

Agar bu tajribadan o‘tgan bo‘lsa, ya’ni haqiqatda shundan shifo topganlar bo‘lsa, tajriba asosida qilish mumkin.

Qonini surtish esa yana ham yengilroq. Chunki qon ichish yomon narsa, ammo surtish — masalan, ilon zahri yoki shunga o‘xshagan najas narsalarni badanga surtib, keyin yuvib tashlansa, buning zarari yo‘q.

U hali yosh qiz ekan, unga namoz ham vojib emas. Agar bu narsa haqiqatda tajribada foydali bo‘lgani ma’lum bo‘lsa, bunda ham zarar yo‘q.


Vallohu a’lam.

Javob muallifi:

Shayx Sodiq Samarqandiy

Maqola foydali bo’ldimi?

0

  • Men ilm olmoqchiman, ota-onam esa uylantirmoqchi. Maslahat bering.

    June 3, 2026
  • Tovarga asl narxidan balandroq narx qo‘yib, keyin arzonlatib asl narxiga sotish joizmi?

    May 25, 2026
  • Ziyofat o‘tirishlar va silai rahm tushunchasi.

    May 19, 2026
  • Sug‘urta kompaniyasi foiz olishi mumkin bo‘lgan holatga oid savol.

    May 19, 2026
  • Dropshopping biznes modeli halolmi?

    May 12, 2026
  • Qanday ilmga amal qilish farz?

    May 5, 2026