Mashhur qidiruvlar:

tavhid namoz zakot
Bosh sahifa >Har xil >Sug‘urta kompaniyasi foiz olishi mumkin bo‘lgan holatga oid savol.

Sug‘urta kompaniyasi foiz olishi mumkin bo‘lgan holatga oid savol.

Nashr sanasi: May 19, 2026

Savol :

Ustoz, mening korxonam bor. Xorijdan ho‘l meva mahsulotlarini olib kelaman. Olib kelgan mahsulotlarimni ishonchli, doimiy mijozlarimga nasiyaga beraman. Bermasam, boshqalardan olishi ham mumkin.

Olib kelgan mahsulotlarimni davlatdan olib chiqish uchun boj va boshqa to‘lovlarni qilishim kerak bo‘ladi.

Agar sug‘urta korxonasi kafolat bersa, menga uch oy ichida to‘lab berishim uchun ruxsat beriladi. Agar shu uch oy ichida to‘lay olmasam, davlatga sug‘urta korxonasi to‘lab beradi.

Bu xizmati evaziga sug‘urta korxonasi mendan kafolatlangan summaning 10–15 foizini oldindan oladi.

Bu xizmatdan foydalanish ribo bo‘lib qolmaydimi? Shu haqida tushuntirib bersangiz.

Javob :

O’xshash savol-javoblar

Birov siz uchun to‘lab berib, keyin uni foiz yoki qo‘shimcha bilan qaytarib olsa, bu ribo muomalasiga kirib qoladi.

Bismillah,

Alloh taologa hamdlar, undan keyin payg‘ambar kelmaydigan oxirgi payg‘ambar, uning oilasi, sahobalari va qiyomatgacha ularga yaxshilik bilan ergashganlarga salovot va salomlar bo’lsin.

Bu narsani joiz emas deb bilamiz. Chunki sug‘urta kompaniyasi siz uchun to‘lab bergani evaziga sizdan qo‘shimcha haq olyapti. Bu go‘yoki sizga qarz berib, keyin ustama bilan qaytarib olayotgandek bo‘ladi.

Bu esa riboga o‘xshab qoladi.

Yoki boshqa tomondan qaralsa, ular sizga kafillik beryapti va shu kafilligi uchun haq olyapti. Bu esa fuqaholar aytgan:

“‎كَفِيلٌ بِأُجْرَةٍ”
ya’ni “haq evaziga kafillik” masalasiga kiradi.

Ko‘pchilik ulamolar bunday kafolatni joiz deb bilmaydilar.

Demak:

  • agar ular siz uchun to‘lab, keyin ustama bilan qaytarib olsa — bu ribo bo‘ladi;
  • agar “biz sizga kafolat beramiz” deb pul olsa — bu ham joiz emas deb qaraladi.

Shuning uchun eng to‘g‘ri yo‘l:
imkon qadar o‘sha to‘lovlarni o‘zingiz qilish yoki shariatga muvofiq boshqa yo‘l izlashdir.

Chunki birov siz uchun to‘lab berib, keyin uni foiz yoki qo‘shimcha bilan qaytarib olsa, bu ribo muomalasiga kirib qoladi.

Vallohu a’lam.

Javob muallifi:

Shayx Sodiq Samarqandiy

Maqola foydali bo’ldimi?

1

  • Men ilm olmoqchiman, ota-onam esa uylantirmoqchi. Maslahat bering.

    June 3, 2026
  • Tovarga asl narxidan balandroq narx qo‘yib, keyin arzonlatib asl narxiga sotish joizmi?

    May 25, 2026
  • Ziyofat o‘tirishlar va silai rahm tushunchasi.

    May 19, 2026
  • Dropshopping biznes modeli halolmi?

    May 12, 2026
  • Qanday ilmga amal qilish farz?

    May 5, 2026
  • Alloh nomiga ichilgan yolg‘on qasam kafforati nima?

    May 5, 2026