Mashhur qidiruvlar:

tavhid namoz zakot
Bosh sahifa >Har xil >Dropshopping biznes modeli halolmi?

Dropshopping biznes modeli halolmi?

Nashr sanasi: May 12, 2026

Savol :

Ustoz, dropshipping biznes modeli Islomda halolmi?

Ya’ni internet do‘kon ochiladi. Mahsulot oldindan sotib olinmaydi. Balki uning ma’lumotlari — surati, videosi, narxi, yetkazib berish narxi va hokazolar joylashtiriladi.

Mijoz internet do‘konimga kiradi, mahsulotni tanlaydi va to‘lovni amalga oshiradi. Keyin men o‘z foydamni olib qolib, qolgan pulni mahsulot egasiga yuboraman. U esa mahsulotni mijozga yetkazib beradi.

Ushbu savdo halolmi?

Javob :

O’xshash savol-javoblar

Bu masala ixtilofli masala hisoblanadi. Hozirgi kundagi holatdan va fuqaholar o‘rtasidagi ixtiloflardan kelib chiqib, biz bu savdo turini joiz deb bilamiz.

Bismillah,

Alloh taologa hamdlar, undan keyin payg‘ambar kelmaydigan oxirgi payg‘ambar, uning oilasi, sahobalari va qiyomatgacha ularga yaxshilik bilan ergashganlarga salovot va salomlar bo’lsin.

Vallohu a’lam, bu masala ixtilofli masala hisoblanadi. Hozirgi kundagi holatdan va fuqaholar o‘rtasidagi ixtiloflardan kelib chiqib, biz bu savdo turini joiz deb bilamiz.

 Bu yerda asosiy masala — “o‘zingda yo‘q narsani sotish” haqidagi hadisga borib taqaladi.

Chunki bu holatda inson internet do‘kon ochadi, lekin mahsulot uning qo‘lida bo‘lmaydi. Go‘yoki o‘zida yo‘q narsani sotayotgandek ko‘rinadi.

Lekin aslida unda mahsulot haqida ma’lumot bor. U mahsulot egasi bilan bog‘langan. Klient chiqsa, mahsulotni olib kelib beradi yoki vositachi bo‘lib xizmat qiladi.

Shofi’iy ulamolari buni “سَلَمُ الحَال”ga o‘xshatib tushuntirganlar.

Salam savdosi nima?

Masalan, dehqon:

  • hali mahsulot yetishtirmagan bo‘ladi,
  • lekin oldindan pul olib,
  • “to‘rt oydan keyin mahsulotni beraman”, deydi.

Bu salam savdosi bo‘ladi va fuqaholar ittifoqi bilan joiz.

Bu yerda hali mahsulot mavjud bo‘lmasa ham, keyin yetkazib berish majburiyati bor.

Shofi’iy mazhabidagi ayrim ulamolar aytadilar:
agar mavjud bo‘lmagan narsani salam yo‘li bilan sotish joiz bo‘lsa, mavjud bo‘lgan mahsulotni oldindan pul olib yetkazib berish undan ham joizroq bo‘ladi.

Shu jihatdan ayrim zamonaviy ulamolar dropshippingni joiz deganlar.

Ayniqsa:

  • mahsulot aniq bo‘lsa,
  • aldov bo‘lmasa,
  • yetkazib berish kafolatlangan bo‘lsa,
  • xaridor haqqi poymol qilinmasa,
  • mahsulot halol bo‘lsa,

unda joizlik tomoni kuchliroq bo‘ladi.

Chunki agar odam:
“Avval barcha mahsulotlarni omborimga olib kelaman, keyin sotaman”, desa, bu katta xarajat va qiyinchilikka sabab bo‘ladi.

Yana odamlar ko‘pincha:

  • buyurtma beradi,
  • keyin fikridan qaytadi,
  • va’dasida turmaydi.

Shuning uchun oldindan pul olib, keyin mahsulotni olib kelib berish zamonaviy savdo ehtiyojlariga yaqinroq bo‘lib qolgan.

Agar mahsulotni yetkazib bera olmasa, pulini qaytaradi.

Bu yerda:

“لا ضرر ولا ضرار”
“Zarar yetkazish ham, zarar bilan javob qaytarish ham yo‘q”

qoidasi ham e’tiborga olinadi.

Xulosa:
bu masala ixtilofli. Lekin biz joiz degan ulamolarning fatvosini olamiz.

Vallohu a’lam.

Javob muallifi:

Shayx Sodiq Samarqandiy

Maqola foydali bo’ldimi?

2

  • Men ilm olmoqchiman, ota-onam esa uylantirmoqchi. Maslahat bering.

    June 3, 2026
  • Tovarga asl narxidan balandroq narx qo‘yib, keyin arzonlatib asl narxiga sotish joizmi?

    May 25, 2026
  • Ziyofat o‘tirishlar va silai rahm tushunchasi.

    May 19, 2026
  • Sug‘urta kompaniyasi foiz olishi mumkin bo‘lgan holatga oid savol.

    May 19, 2026
  • Qanday ilmga amal qilish farz?

    May 5, 2026
  • Alloh nomiga ichilgan yolg‘on qasam kafforati nima?

    May 5, 2026