Mashhur qidiruvlar:

tavhid namoz zakot
Bosh sahifa >Har xil >Tovarga asl narxidan balandroq narx qo‘yib, keyin arzonlatib asl narxiga sotish joizmi?

Tovarga asl narxidan balandroq narx qo‘yib, keyin arzonlatib asl narxiga sotish joizmi?

Nashr sanasi: May 25, 2026

Savol :

Ustoz, men bozorda tijorat bilan shug‘ullanaman. Savdoda ba’zi mijozlar molni arzonroq qilib berishimni so‘rashadi. Men ularga aytgan narxlari to‘g‘ri kelmasligini tushuntiraman, lekin ular meni eshitgisi ham kelmaydi va “arzonroq qilib bering”, deb turib olishadi.

Men aytgan narximdan ham arzon qilib beraman, ular esa undan ham pastroq narx so‘rashadi. Ba’zilari esa men rozi bo‘lmasam ham kamroq pul berib ketishadi.

Shunday xaridorlarga sotadigan narximdan balandroq aytib, keyin o‘zimga to‘g‘ri keladigan narxga tushirib sotsam bo‘ladimi?

Javob :

O’xshash savol-javoblar

Agar odamlar shunday qilayotgan bo‘lsa, buning zarari yo‘q, in shaa Alloh.

Bismillah,

Alloh taologa hamdlar, undan keyin payg‘ambar kelmaydigan oxirgi payg‘ambar, uning oilasi, sahobalari va qiyomatgacha ularga yaxshilik bilan ergashganlarga salovot va salomlar bo’lsin.

Agar odamlar shunday qilayotgan bo‘lsa, buning zarari yo‘q, in shaa Alloh.

Savdoda, masalan, aldamasangiz, to‘g‘risini aytsangiz:
“Necha pulga sotasiz?”
“10 so‘mga sotaman”, deysiz.

U esa:
“Arzonroq bering”, deydi.

Siz:
“Yo‘q, bu narxga bera olmayman”, deb turasiz. Keyin o‘zingizga mos keladigan narxga kelgach, berib yuborasiz.

Demak, siz bilasiz:
agar 6 so‘m desangiz ham, u 4 so‘mdan keladi. 10 so‘m desangiz ham, baribir 4 so‘mdan keladi.

Shunday bo‘lsa, unga boshidan yuqoriroq narx aytib turishingizning zarari yo‘q.

Chunki mol — egasiniki.

Shariatda:

  • “falon foizdan ortiq foyda qo‘ymagin”,
  • “bundan oshirib sotma”,
  • yoki “katta narx aytma”
    degan aniq chegara yo‘q.

Ya’ni bozor erkin.

Shariat maqsadlaridan biri ham bozorda erkinlik bo‘lishidir.

Odam:

  • xohlagan narxini qo‘yadi,
  • xohlagancha aytadi.

Agar odamlarga to‘g‘ri kelsa — oladi.
To‘g‘ri kelmasa — olmaydi.

Vallohu a’lam.

Javob muallifi:

Shayx Sodiq Samarqandiy

Maqola foydali bo’ldimi?

1

  • Telefon nasiya savdosi bilan shug‘ullanadigan kishining savoli.

    September 2, 2026
  • Hisob raqamdagi pulni firma orqali naqd qilishga oid savol.

    September 1, 2026
  • Spirtli ichimliklar bor uyda yashash va namoz o‘qish.

    August 31, 2026
  • Erkaklarga qaynana va qaynatalari borasida nasihat qiling.

    August 11, 2026
  • Mariya deb ism qo‘yish joizmi?

    August 11, 2026
  • “Kasallikdan tuzalsam, har kuni bir varaqdan Qur’on o‘qiyman”, deb nazr qilgan kishining savoli.

    August 11, 2026