Ustoz, hozirda hamma joyda o‘tirishlar, ziyofatlar, qisqasi maishatga berilish ko‘paygan. Bu o‘tirishlar uchun katta pullar sarflanadi. Deyarli har bir kishining qarindoshlar, do‘stlar, hamkasblar, umrachilar, hojilar, qo‘shnilar va hokazolar bilan alohida oylik ziyofatlari bor.
Qariyb har kimning oyda to‘rt-besh marta shunday bazmlari bo‘ladi. Men o‘rtoqlarimga:
“Bunday bazmlarni kamaytirib, o‘rniga beva-bechoralarga yordam qilaylik”, desam, rozi bo‘lishmaydi. “Silai rahmni uzmaslik kerak”, deyishadi.
Umraga borishdan maqsad ibodat-ku, har oy yig‘ilib osh yeyish emas-ku axir.
Ustoz, silai rahmni tushuntirib bersangiz. Yuqorida zikr qilingan qarindoshlar va o‘rtoqlar bilan silai rahm qay darajada va qay ko‘rinishda bo‘lishi kerak?