Mashhur qidiruvlar:

tavhid namoz zakot
Bosh sahifa >Namoz >Tavbadan so‘ng qazo namoz va ro‘zalar ham kechiriladimi?

Tavbadan so‘ng qazo namoz va ro‘zalar ham kechiriladimi?

Nashr sanasi: July 17, 2026

Savol :

Ustoz, bir do’stim tariqat piriga bay’at beribdi.

Pir unga: “Tavbadan so’ng barcha gunohlar kechiriladi. Hattoki qazo namoz va qazo ro’zalar ham kechiriladi. Faqat bandalarning haqlari bundan mustasno”, debdi. Bunga Qur’ondan ham bir nechta dalil keltiribdi. Shu gap to’g’rimi?

Javob :

O’xshash savol-javoblar

Qazo namoz va ro’za masalasida ulamolar o’rtasida ixtilof bor. Bandalarning haqlari esa tavba bilan kechirilmaydi. Haq egasining roziligi olinishi yoki haqqi qaytarilishi shart.

Bismillah,

Alloh taologa hamdlar, undan keyin payg‘ambar kelmaydigan oxirgi payg‘ambar, uning oilasi, sahobalari va qiyomatgacha ularga yaxshilik bilan ergashganlarga salovot va salomlar bo’lsin.

Namoz masalasiga keladigan bo’lsak, bu masalada ulamolar o’rtasida ixtilof bor.

Jumhur ulamolar, ya’ni to’rtta mazhab imomlari (Aimmatul Arba’a), qasddan yoki uzr bilan qoldirilgan namozlarning qazosini o’qish vojib, deganlar. Ularning nazarida qazo namozni hech narsa soqit qilmaydi.

Ammo Zohiriy mazhabi ulamolari esa, qasddan tark qilingan namozning qazosi bo’lmaydi, balki tavba qilib, ko’proq nafl ibodatlar qilish kerak, deganlar.

Bu masalada biz oldingi darslarda ikkala tomonning dalillarini ham batafsil bayon qilganmiz.

Demak, hozir aytilgan javob namoz masalasida Zohiriy mazhabining qarashiga mos keladi. Bu fikrning ham ulamolar orasida asosi bor.

Lekin bandalarning haqlari masalasida gap aniq. Kimning haqqiga tajovuz qilingan bo’lsa, faqat tavba qilishning o’zi kifoya qilmaydi. Haq egasining haqqini qaytarish yoki undan rozilik olish lozim.

Bandalar o’rtasidagi haqlar rozilik bilan hal bo’lmaguncha, ularning mas’uliyati inson zimmasida qolaveradi.

Vallohu a’lam.

Javob muallifi:

Shayx Sodiq Samarqandiy

Maqola foydali bo’ldimi?

1

  • Bir yildan beri Rossiyadaman, namozimni to‘liq o‘qishim kerakmi?

    August 31, 2026
  • Yangi namoz boshlaganlarga nasihat qiling.

    August 20, 2026
  • Ayollar masjidda azon aytilishini kutmay, taqvimga ko‘ra namozni vaqtida o‘qishi afzalmi?

    August 13, 2026
  • Qazo namozlar qachon o‘qiladi?

    August 11, 2026
  • Masjidlarda qurilish va ta’mirlash uchun kerakli mablag‘ yig‘ib bo‘linganidan keyin ham yana pul yig‘ish to‘g‘rimi?

    July 25, 2026
  • Bomdodni ko‘p qazo qilyapman…

    July 25, 2026