Mashhur qidiruvlar:

tavhid namoz zakot
Bosh sahifa >Namoz >Sunnat namozlari o‘rniga qazo namozlarini o‘qisa bo‘ladimi?

Sunnat namozlari o‘rniga qazo namozlarini o‘qisa bo‘ladimi?

Nashr sanasi: April 20, 2025

Savol :

Men besh mahal faqat farz namozlarini, farzdan keyin esa qazo namozlarini o‘qiyapman. Sunnat namozlar qolib ketmoqda. Buning hukmi qanday?

Javob :

O’xshash savol-javoblar

Bu ish — sunnatga zid bo‘lib, noto‘g‘ri hisoblanadi. Farzdan oldin va keyin o‘qiladigan sunnat namozlarini joyida o‘qib, qazo namozlarini esa imkon bo‘lgan paytlarda ado etish kerak.

Bismillah,

Alloh taologa hamdlar, undan keyin payg‘ambar kelmaydigan oxirgi payg‘ambar, uning oilasi, sahobalari va qiyomatgacha ularga yaxshilik bilan ergashganlarga salovot va salomlar bo’lsin.

Bu ish sunnatga xilof bo‘ladi. Ya’ni Rasululloh ﷺ va sahobalar bu tarzda qilmaganlar. Rasululloh ﷺ farzlardan oldin va keyin sunnatlarni muntazam o‘qiganlar.

Siz ham Rasululloh ﷺga ergashib, sunnat namozlarini o‘qing. Qazo namozlarini esa boshqa imkon bo‘lgan vaqtlarda ado qiling. Bir amalni qilish bahonasida shariatda sobit bo‘lgan boshqa bir amalni tark qilish to‘g‘ri emas.

Shuning uchun bu ish — sunnatga zid bo‘lib, noto‘g‘ri hisoblanadi. Farzdan oldin va keyin o‘qiladigan sunnat namozlarini joyida o‘qib, qazo namozlarini esa imkon bo‘lgan paytlarda ado etish kerak.

Vallohu a‘lam.

Javob muallifi:

Shayx Sodiq Samarqandiy

Maqola foydali bo’ldimi?

0

  • Bir yildan beri Rossiyadaman, namozimni to‘liq o‘qishim kerakmi?

    August 31, 2026
  • Yangi namoz boshlaganlarga nasihat qiling.

    August 20, 2026
  • Ayollar masjidda azon aytilishini kutmay, taqvimga ko‘ra namozni vaqtida o‘qishi afzalmi?

    August 13, 2026
  • Qazo namozlar qachon o‘qiladi?

    August 11, 2026
  • Masjidlarda qurilish va ta’mirlash uchun kerakli mablag‘ yig‘ib bo‘linganidan keyin ham yana pul yig‘ish to‘g‘rimi?

    July 25, 2026
  • Bomdodni ko‘p qazo qilyapman…

    July 25, 2026