Mashhur qidiruvlar:

tavhid namoz zakot
Bosh sahifa >Namoz >Sanoning eng afzal shakli

Sanoning eng afzal shakli

Nashr sanasi: December 31, 2024

Savol :

Sanoning eng afzal shakli qaysi?

Javob :

O’xshash savol-javoblar

Javobning qisqacha mazmuni: Istiftoh duolaridan qaysi birini aytib, namozga kirsa, bas, sunnatni ado qilgan bo‘ladi.

Bismillah,

Alloh ta’ologa hamdlar, undan keyin payg’ambar bo’lmaydigan payg’ambarga, uning oilasi, sahobalari va to qiyomatgacha ularga yaxshilikda ergashganlarga salavot va salomlar bo’lsin.

Barcha ulamolar: «Istiftoh duolaridan qaysi birini aytib, namozga kirsa, bas, sunnatni ado qilgan bo‘ladi», deb bir ovozdan ta’kidlashgan.


Ibn Xuzayma rahimahullāh aytadi: «Namozxon Nabiy sallallohu alayhi va sallam takbiri tahrimadan keyin aytgan har qanday sano bilan namozini boshlashi joizdir.»

Sanoning afzali qaysi ekani xususida har xil fikrlar aytilgan. Masalan, Hanafiy va Hanbaliy mazhabi ulamolari Oisha onamizdan rivoyat qilingan ushbu sanoni ixtiyor qilganlar:


“Subhanakallāhumma wa bihamdi-ka wa tabarakas-muka wa ta‘ala jadduka wa la ilaha ghayruka”
Uning afzalligi shundaki, birinchidan, u Alloh ta’ologa hamdu sano aytishdan iborat bo‘lsa, ikkinchidan, Umar raziyallohu anhu minbarda turib, aynan shu sanoni sahoba va tobe‘inlarga ta’lim berganlar.

Imom Shofe’iy rahimahullāh “Wajjah-tu wajhīya” duosini afzal bilganlar.

Boshqa ulamolar “Allāhumma ba‘id baynī wa bayna khatāyā” sanosini ixtiyor qilganlar va afzal bilganlar. Chunki bu duo istiftoh duolari haqidagi hadislar orasida eng sahihi hisoblanib, imom Buxoriy va imom Muslim rahimahumallāh rivoyat qilgan “muttafaqun alayh” hadisi deb aytishgan.

Vallohu A’lam

Javob muallifi:

Ustoz Yusuf Davron

Maqola foydali bo’ldimi?

0

  • Masjidlarda qurilish va ta’mirlash uchun kerakli mablag‘ yig‘ib bo‘linganidan keyin ham yana pul yig‘ish to‘g‘rimi?

    July 25, 2026
  • Bomdodni ko‘p qazo qilyapman…

    July 25, 2026
  • Qarz olib Haj qilishning hukmi

    July 21, 2026
  • Hajni qarzni to‘lashdan oldin ado etish hukmi

    July 21, 2026
  • Samalyotda namoz o‘qish qoidasi qanday bo‘ladi?

    July 21, 2026
  • Namozga beparvo bo‘lib qoldim, nasihat qiling.

    July 17, 2026