Mashhur qidiruvlar:

tavhid namoz zakot
Bosh sahifa >Namoz >Rossiyada ishlab yurgan odam namozlarni qasr o‘qishi va sunnat namozlarni o‘qimaslik haqida.

Rossiyada ishlab yurgan odam namozlarni qasr o‘qishi va sunnat namozlarni o‘qimaslik haqida.

Nashr sanasi: June 20, 2026

Savol :

Rossiyada yashayotgan bir hamyurtimiz oilasi bilan shu yerda ishlab turibdi. U namozlarini doim qasr qilib o‘qir ekan. Men unga: “Siz safarda emassiz, bu yerda bir necha yildan beri yashayapsiz, namozni to‘liq o‘qishingiz kerak”, dedim.

Ustoz, shu insonning namozni doimiy ravishda qasr qilib o‘qishi joizmi?

Shuningdek, bir inson ishdagi charchoq sabab sunnat namozlarni tark qilsa, buning hukmi qanday?

Javob :

O’xshash savol-javoblar

Qasr namoz faqat musofirga xos. Musofir bo‘lishi uchun esa inson bir joyda uzoq muddat yashash niyatida bo‘lmasligi kerak.

Bismillah,

Alloh taologa hamdlar, undan keyin payg‘ambar kelmaydigan oxirgi payg‘ambar, uning oilasi, sahobalari va qiyomatgacha ularga yaxshilik bilan ergashganlarga salovot va salomlar bo’lsin.

Bu masalada ko‘p kishilardan eshitamiz. Masalan, chet elda ishlayotgan yoki uzoq muddat boshqa joyda yashayotgan odam: “Men hali qachon qaytishimni bilmayman”, deb namozni qasr qilib yuradi.

Lekin “qachon ketishim noma’lum” degani, uning musofir ekanini bildirmaydi. Agar insonning u yerda uzoq muddat qolishi ma’lum bo‘lsa, namozni to‘liq o‘qishi kerak. Chunki namoz masalasi juda muhim masaladir.

Qasr namoz faqat musofirga xos. Musofir bo‘lishi uchun esa inson bir joyda uzoq muddat yashash niyatida bo‘lmasligi kerak. Holbuki, ayrim kishilar chet elga ishlash uchun boradi, oilasini ham olib boradi, uy ijaraga oladi yoki sotib oladi, yashash hujjatlarini rasmiylashtiradi, hatto yillab qoladi. Bularning barchasi uning o‘sha yerda uzoq muddat yashayotganini ko‘rsatadi.

Shunday ekan, “qachon qaytishimni bilmayman” degan bahona bilan doimiy ravishda qasr o‘qib yurish to‘g‘ri emas. Bunday inson namozlarini to‘liq o‘qishi kerak. Bu birodarimizga muloyimlik bilan eslatib qo‘yish lozim.

Namoz masalasiga juda jiddiy qarash kerak. Chunki oxiratga olib ketadigan eng buyuk amallardan biri — namozdir.

Sunnat namozlarga kelsak, ular farz kabi majburiy emas. Qiyomat kuni insondan: “Nima uchun falon sunnatni o‘qimading?” deb so‘ralmaydi. Ammo sunnatlarga beparvo bo‘lish yoki ularni butunlay tark etish katta yo‘qotishdir.

Imom Shotibiy rahimahulloh sunnat amallar farzlarni mukammal qiluvchi vosita ekanini ta’kidlaganlar. Kim sunnatlarga beparvo bo‘lsa, farzlarga ham beparvo bo‘lib qolishi ehtimoli kuchayadi.

Hadislarda kelishicha, Qiyomat kuni farz amallarda nuqson topilsa, Alloh taoloning marhamati bilan nafl va sunnat amallar orqali o‘sha kamchiliklar to‘ldiriladi.

Shuning uchun mo‘min kishi imkon qadar sunnat va nafl amallarni ham tark qilmaslikka harakat qilishi kerak. Axir Qiyomat kuni amallar taroziga tortiladi. Aqlli inson esa tarozisini og‘irlashtiradigan har bir imkoniyatdan foydalanadi.

Rasululloh ﷺ:

“Do‘zaxdan saqlaninglar, hatto yarimta xurmo bilan bo‘lsa ham”, deganlar.

Agar yarimta xurmo sadaqasi ham foyda beradigan bo‘lsa, ikki rakat sunnat namozning savobi naqadar ulug‘ bo‘lishini tasavvur qilish mumkin.

Shuning uchun mo‘min banda farzlarga mahkam bo‘lib, imkon qadar sunnat va nafl amallardan ham nasibasini olishi kerak.

Vallohu a’lam.

Javob muallifi:

Shayx Sodiq Samarqandiy

Maqola foydali bo’ldimi?

1

  • Masjidlarda qurilish va ta’mirlash uchun kerakli mablag‘ yig‘ib bo‘linganidan keyin ham yana pul yig‘ish to‘g‘rimi?

    July 25, 2026
  • Bomdodni ko‘p qazo qilyapman…

    July 25, 2026
  • Qarz olib Haj qilishning hukmi

    July 21, 2026
  • Hajni qarzni to‘lashdan oldin ado etish hukmi

    July 21, 2026
  • Samalyotda namoz o‘qish qoidasi qanday bo‘ladi?

    July 21, 2026
  • Namozga beparvo bo‘lib qoldim, nasihat qiling.

    July 17, 2026