Mashhur qidiruvlar:

tavhid namoz zakot
Bosh sahifa >Namoz >Qarz olib Haj qilishning hukmi

Qarz olib Haj qilishning hukmi

Nashr sanasi: July 21, 2026

Savol :

Men Allohning Baytul Haromini haj qilishni istayman, lekin bunga yetarli mablag‘im yo‘q.

Ish joyim haj xarajatlarini qoplash uchun menga qarz berishga rozi bo‘ldi. Bu qarz keyinchalik maoshimdan ushlab qolinib to‘lanadi.

Shunday qilish joizmi?

Javob :

O’xshash savol-javoblar

Ha, bunday qilishingiz joiz. Agar siz qarzga olingan pul bilan haj qilsangiz, hajingiz sahih va maqbul bo‘ladi.

 Bismillah,

Alloh taologa hamdlar, undan keyin payg‘ambar kelmaydigan oxirgi payg‘ambar, uning oilasi, sahobalari va qiyomatgacha ularga yaxshilik bilan ergashganlarga salovot va salomlar bo’lsin

Ha, bunday qilishingiz joiz. Agar siz qarzga olingan pul bilan haj qilsangiz, hajingiz sahih va maqbul bo‘ladi.

Lekin bunday qilmasligingiz afzalroq va to‘g‘riroqdir. Chunki Alloh taolo hajni faqat unga yo‘l topishga qodir bo‘lgan kishiga farz qilgan. Hozirgi holatingizda esa siz haj qilishga moliyaviy jihatdan qodir emassiz.

Shuning uchun qarz olmang. Chunki siz kelajakda nima bo‘lishini bilmaysiz. Balki qarz olarsiz, keyin esa bu qarz zimmangizda qolib, uni to‘lay olmasligingiz mumkin.

Balki kasal bo‘lib qolar, yoki ish topa olmas, yoki hatto vafot etishingiz ham mumkin.

Shu sababli qarz olmang.

Qachonki Alloh sizni boyitsa va haj qilishga yetarli mablag‘ bersa, o‘shanda haj qiling. Agar bunday imkon bo‘lmasa, unda qarz olib haj qilishga urinmang.

Vallohu a’lam.

Javob muallifi:

Shayx Ibn Boz

Maqola foydali bo’ldimi?

0

  • Bir yildan beri Rossiyadaman, namozimni to‘liq o‘qishim kerakmi?

    August 31, 2026
  • Yangi namoz boshlaganlarga nasihat qiling.

    August 20, 2026
  • Ayollar masjidda azon aytilishini kutmay, taqvimga ko‘ra namozni vaqtida o‘qishi afzalmi?

    August 13, 2026
  • Qazo namozlar qachon o‘qiladi?

    August 11, 2026
  • Masjidlarda qurilish va ta’mirlash uchun kerakli mablag‘ yig‘ib bo‘linganidan keyin ham yana pul yig‘ish to‘g‘rimi?

    July 25, 2026
  • Bomdodni ko‘p qazo qilyapman…

    July 25, 2026