Mashhur qidiruvlar:

tavhid namoz zakot
Bosh sahifa >Namoz >Namoz uchun poklanish qay darajada bo‘ladi?

Namoz uchun poklanish qay darajada bo‘ladi?

Nashr sanasi: April 23, 2026

Savol :

Ustoz, uylarimizda yosh bolalar bavl qilib qo‘ygan paytda gilamni shariy tozalaymiz. Tahorat olgan paytimda oyog‘imni o‘sha gilamga qo‘yishdan hazar qilaman. Bavl bo‘lgan joylar oyog‘imning ho‘lligi sababli yana ho‘llanib, oyog‘imni najosatga bulg‘ashi mumkin deb o‘ylayman.

Oyog‘imni yuvib, shippakka, shippakdan esa faqatgina joynamozimga qo‘yaman. Namozdan avval albatta oyog‘imni yuvaman, yuvmay o‘qimayman. Buni ko‘rgan onam: “Bunday g‘uluv qilish jahannamga eltadi. Hatto yuzimni ikki marta yuvdimmi, uch marta yuvdimmi deb o‘ylasang, uchinchisini yuvmaysan,” deydi ulamolar deyaptilar.

Namozga shunday poklanishning ortiqchaligi bormi? Namozdagi tohirlik qay darajada bo‘ladi? Islomda namoz uchun tohirlik darajasini bayon qilsangiz.


Javob :

O’xshash savol-javoblar

Bu — haqiqatdan ham g‘uluv (haddan oshish) hisoblanadi.

Bismillah,

Alloh taologa hamdlar, undan keyin payg‘ambar kelmaydigan oxirgi payg‘ambar, uning oilasi, sahobalari va qiyomatgacha ularga yaxshilik bilan ergashganlarga salovot va salomlar bo’lsin.

Bu holatda onangizga itoat qilganingiz yaxshi. Onangiz fahmli, tushungan ayol ekan.

Bu — haqiqatdan ham g‘uluv (haddan oshish) hisoblanadi. Gilamlar ustidan hazar qilib yurish yoki “ikki marta yuvdimmi, uch marta yuvdimmi” deb doimiy shubhada qolish — bular vasvasa alomatlaridir.

Onangiz aytgandek, agar ikki yoki uch marta yuvdimmi deb shubha qilsangiz, yetarli deb hisoblanadi. Uch martagacha yuvish bilan kifoyalaniladi. Shunda vasvasa yo‘qoladi.

Bu narsa g‘uluvga kiradi. Agar gilamdagi siydik shariy tarzda yuvilgan bo‘lsa, ya’ni najosat ketadigan darajada tozalangan bo‘lsa, u joy pok hisoblanadi. Shundan keyin “yana najosat qolgan bo‘lishi mumkin” degan shubhalarga e’tibor berilmaydi.

G‘uluv ketish insonni jiddiy muammolarga olib boradi. Bu haqda ogohlantirishlar ham bor. Inson ba’zan tafritga (sustkashlikka) tushadi, ba’zan esa g‘uluvga ketadi. Ikkalasi ham noto‘g‘ri, lekin haddan oshish yanada xavfli.

Tahoratda me’yor — Rasululloh ﷺ qilganidek:

  • bir marta yuvganlar
  • ikki marta yuvganlar
  • uch marta yuvganlar

Shundan oshirilmaydi.

Rasululloh ﷺning oldilariga ovqat yemaydigan yosh bola (ikki yoshdan kichik) olib kelinganida, u zotning kiyimlariga siyib qo‘ygan. Shunda Rasululloh ﷺ suv keltirib, ustidan quyib yuborganlar va shu bilan kifoyalanganlar. Bu — najosatni ketkazishda osonlik borligiga dalil.

Agar qiz bola bo‘lsa, albatta yuvish kerak. Gilamga tushgan bo‘lsa, bugungi kunda mavjud tozalash vositalari bilan yaxshilab yuvib, ustidan suv quyib, so‘rib olib, yana yuvib — ko‘ngil xotirjam bo‘ladigan darajada tozalansa, yetarli.

Undan ortig‘iga borish shart emas. Aks holda inson vasvasaga tushib qoladi. Keyinchalik shayton bundan foydalanib:

“Sen toza bo‘lmading, ibodating qabul bo‘lmadi,”

deb insonni ibodatdan sovitishi mumkin. Ba’zi odamlar hatto shu sababli namozni ham tark qilib qo‘yadi.

Allohdan yordam so‘raymiz.


Vallohu a’lam.

Javob muallifi:

Shayx Sodiq Samarqandiy

Maqola foydali bo’ldimi?

2

  • Vitrni xuftondan alohida o‘qish shartmi?

    June 3, 2026
  • Muqtadiy 3- va 4-rakaatda “Fotiha” o‘qishi yonidagilarga yoqmasa, nima qilishi kerak?

    May 25, 2026
  • Peshin farzidan keyin necha rakaat sunnat o‘qish afzal?

    May 4, 2026
  • Namozda ayol kishining oyog‘i avrat sanaladimi?

    April 29, 2026
  • Peshinni asr vaqtiga taqab o‘qisa bo‘ladimi?

    April 29, 2026
  • O‘n yillikk qazo namozlarim tugadi, yana o‘qisam bo‘ladimi?

    April 23, 2026