Mashhur qidiruvlar:

tavhid namoz zakot
Bosh sahifa >Namoz >Masjidga chiqayotgan kishilarning soqolini olishga majburlashyapti…

Masjidga chiqayotgan kishilarning soqolini olishga majburlashyapti…

Nashr sanasi: January 26, 2026

Savol :

Masjidga chiqayotgan kishilarni ham soqolini olishga majburlashyapti. Shu sababli masjidga chiqmasa bo‘ladimi yoki soqolini olib bo‘lsa ham masjidga chiqish kerakmi?

Javob :

O’xshash savol-javoblar

Bunday holatda ham masjidga chiqish kerak, deb bilaman.

Bismillah,

Alloh taologa hamdlar, undan keyin payg‘ambar kelmaydigan oxirgi payg‘ambar, uning oilasi, sahobalari va qiyomatgacha ularga yaxshilik bilan ergashganlarga salovot va salomlar bo’lsin.

Bunday holatda ham masjidga chiqish kerak, deb bilaman.

Chunki masjidga chiqish — davomiy va juda katta foydali amal. Unda musulmonlarning birligi, jamoat barakasi bor.

Alloh taolo aytganidek: “Qo‘lingizdan kelganicha taqvo qilinglar.”

Agar odamni majburlab, masalan zo‘rlik bilan soqolini oldiradigan bo‘lsa, bunda gunoh majbur qilgan kishilarga bo‘ladi, sizga emas. Siz majbur bo‘lganingiz uchun gunohkor bo‘lmaysiz. Lekin shunga qaramay, jamoat namozini va masjidni tark etmang.

Agar solishtirib ko‘rsak, masjidga chiqmaslikning zarari soqolni majburan oldirishdan ko‘ra og‘irroq bo‘ladi. Shuning uchun musulmonlar bilan birga jamoatda namoz o‘qishni davom ettiring. Bu yerda foyda ko‘proq.

Soqol masalasida majbur qilganlar o‘zlari javob beradi. Qiyomat kuni Alloh taoloning huzurida siz ularning ustidan da’vogar bo‘lasiz. Alloh taolo barchasini ko‘rib turibdi.

Rostini aytganda, odamlarning soqoliga aralashish juda achinarli holat. Bunday narsa dunyoning ko‘p joylarida yo‘q. Hatto musulmon bo‘lmagan o‘lkalarda ham odamning soqoli bilan hech kimning ishi yo‘q. Musulmon yurtlarda bunday holatlarning bo‘lishi esa yanada alamli.

Alloh taolo barchamizga tavfiq va hidoyat bersin, haqni to‘g‘ri tushunib, to‘g‘ri amal qilishni nasib etsin.

Allohumma amin.

Javob muallifi:

Shayx Sodiq Samarqandiy

Maqola foydali bo’ldimi?

0

  • Vitrni xuftondan alohida o‘qish shartmi?

    June 3, 2026
  • Muqtadiy 3- va 4-rakaatda “Fotiha” o‘qishi yonidagilarga yoqmasa, nima qilishi kerak?

    May 25, 2026
  • Peshin farzidan keyin necha rakaat sunnat o‘qish afzal?

    May 4, 2026
  • Namozda ayol kishining oyog‘i avrat sanaladimi?

    April 29, 2026
  • Peshinni asr vaqtiga taqab o‘qisa bo‘ladimi?

    April 29, 2026
  • O‘n yillikk qazo namozlarim tugadi, yana o‘qisam bo‘ladimi?

    April 23, 2026