Mashhur qidiruvlar:

tavhid namoz zakot
Bosh sahifa >Hadis >“Erning qarindoshlari o‘limdir” hadisi sharhi.

“Erning qarindoshlari o‘limdir” hadisi sharhi.

Nashr sanasi: July 14, 2026

Savol :

“Erning qarindoshlari o’limdir”, deyilgan hadisni ochiqlab bersangiz, iltimos.

Javob :

O’xshash savol-javoblar

“O’lim” deyilishining ma’nosi — bu fitna va xavfning nihoyatda kattaligini bildiradi.

Bismillah,

Alloh taologa hamdlar, undan keyin payg‘ambar kelmaydigan oxirgi payg‘ambar, uning oilasi, sahobalari va qiyomatgacha ularga yaxshilik bilan ergashganlarga salovot va salomlar bo’lsin.

Hadisda kelgan «الْحَمْوُ الْمَوْتُ» (“Erning qarindoshlari o’limdir”) degan iboraning ma’nosi shuki, bu yerda erning aka-ukalari, amakivachchalari va boshqa nomahram erkak qarindoshlari nazarda tutilgan.

“O’lim” deyilishining ma’nosi — bu fitna va xavfning nihoyatda kattaligini bildiradi. Ya’ni bunday yaqin qarindoshlar bilan ehtiyotsizlik qilish, yolg’iz qolish yoki chegaralarni buzish insonni zinoga, gunohga va oilaning buzilishiga olib borishi mumkin. Bu esa oqibatda xuddi o’lim kabi og’ir falokatga sabab bo’ladi.

Shuning uchun ayol kishi qaynisi yoki erining boshqa nomahram qarindoshlari bilan xoli qolmasligi, bir uyda yolg’iz bo’lmasligi kerak.

Hayotda ham ko’p bora eshitamizki, ayrim oilalarda aynan mana shunday ehtiyotsizlik sababli katta fitnalar va zino ishlari sodir bo’lib qoladi. Bunga sharoit yaratilgani uchun Rasululloh sollallohu alayhi vasallam bunday holatdan qattiq ogohlantirganlar.

Hadisdagi “o’lim” so’zi qo’rqitish va ogohlantirish ma’nosidadir. Inson o’limdan qanday qochsa, mana shunday fitna sabablaridan ham shunday qochishi kerak.

Vallohu a’lam.

Javob muallifi:

Shayx Sodiq Samarqandiy

Maqola foydali bo’ldimi?

1

  • Erkak kishi kiyim almashtirayotganida avrati behos ko‘rinib qolishi.

    July 15, 2026
  • “Birodarlarimni ko‘rsam edi” hadisi sahihmi?

    July 14, 2026
  • Kahf surasi fazilatiga doir hadislar sahihmi?

    May 5, 2026
  • Rabboniy olimning yuziga tikilib turish savob degan hadis bormi?

    January 3, 2026
  • Munkarni o‘zgartirish haqidagi hadis sharhi.

    December 31, 2025
  • Bu zikrni aytsa, farishtalar qancha savob yozishni bilmay qolishi sahihmi?

    November 27, 2025