Mashhur qidiruvlar:

tavhid namoz zakot
Bosh sahifa >Hadis >“Birodarlarimni ko‘rsam edi” hadisi sahihmi?

“Birodarlarimni ko‘rsam edi” hadisi sahihmi?

Nashr sanasi: July 14, 2026

Savol :

Ustoz, bir hadisda Payg’ambar sollallohu alayhi vasallam o’zlaridan keyin keladigan ummatlarini: “Birodarlarimni ko’rsam edi”, deb ularni ko’rishni orzu qilgan ekanlar.

Shu hadis sahihmi? O’sha ummatlarida qanday hislat borki, u zot ularni ko’rgilari kelgan?

Javob :

O’xshash savol-javoblar

Ha, bu sahih hadis.

Bismillah,

Alloh taologa hamdlar, undan keyin payg‘ambar kelmaydigan oxirgi payg‘ambar, uning oilasi, sahobalari va qiyomatgacha ularga yaxshilik bilan ergashganlarga salovot va salomlar bo’lsin.

Ha, bu sahih hadis.

Rasululloh sollallohu alayhi vasallam aytganlarida sahobalar:

“Ey Allohning Rasuli, biz sizning birodarlaringiz emasmizmi?” — deb so’rashgan.

Shunda Rasululloh sollallohu alayhi vasallam:

“Sizlar mening ashoblarimsizlar. Mening birodarlarim esa hali kelmagan qavmdir. Ular meni ko’rmasdan turib menga iymon keltiradilar.” — deganlar.

Demak, Rasululloh sollallohu alayhi vasallam maqtagan kishilar — o’zlarini ko’rmagan holda Allohga va Rasuliga iymon keltirib, sunnatlariga ergashadigan mo’minlardir.

Sahobalar Rasulullohni ko’rib, u zot bilan birga yashab, sunnatlariga ergashganlar. Keyingi ummat esa Rasulullohni ko’rmagan holda, faqat Qur’on va sahih sunnat orqali u zotga ergashadi. Rasululloh sollallohu alayhi vasallam aynan shu fazilatlarini e’tirof etganlar.

Lekin bu keyingi ummat sahobalardan afzal degani emas. Sahobalarning o’zlariga xos fazilatlari bor. Ular vahiy nozil bo’lgan davrda yashaganlar, Rasululloh sollallohu alayhi vasallam bilan jihod qilganlar va Islomni bizgacha yetkazganlar. Hech kim bu fazilatda ularga tenglasha olmaydi.

Shunday ekan, bu hadisda Rasululloh sollallohu alayhi vasallam keyingi ummatning Rasulullohni ko’rmasdan turib iymon keltirishi va sunnatlariga ergashishini maqtaganlar.

Vallohu a’lam.

Javob muallifi:

Shayx Sodiq Samarqandiy

Maqola foydali bo’ldimi?

1

  • Erkak kishi kiyim almashtirayotganida avrati behos ko‘rinib qolishi.

    July 15, 2026
  • “Erning qarindoshlari o‘limdir” hadisi sharhi.

    July 14, 2026
  • Kahf surasi fazilatiga doir hadislar sahihmi?

    May 5, 2026
  • Rabboniy olimning yuziga tikilib turish savob degan hadis bormi?

    January 3, 2026
  • Munkarni o‘zgartirish haqidagi hadis sharhi.

    December 31, 2025
  • Bu zikrni aytsa, farishtalar qancha savob yozishni bilmay qolishi sahihmi?

    November 27, 2025