Mashhur qidiruvlar:

tavhid namoz zakot
Bosh sahifa >Hadis >Ayol uyidan boshqa joyda ro‘molini yechishi joiz emasmi?

Ayol uyidan boshqa joyda ro‘molini yechishi joiz emasmi?

Nashr sanasi: August 7, 2026

Savol :

Ustoz, ayollar uydan boshqa joyda ro‘molini yechishi joiz emasmi?

Masalan, ayollar go‘zallik salonida, ayollar sport zalida yoki faqat ayollar yig‘ilgan joylarda. U yerda erkaklar bo‘lmaydi-ku.

Javob :

O’xshash savol-javoblar

Hadisdagi hukmning illati — begona erkaklar ko‘rishi ehtimoli mavjud bo‘lishidir.

 Bismillah,

Alloh taologa hamdlar, undan keyin payg‘ambar kelmaydigan oxirgi payg‘ambar, uning oilasi, sahobalari va qiyomatgacha ularga yaxshilik bilan ergashganlarga salovot va salomlar bo’lsin

Sahih hadisda Oisha roziyallohu anhodan rivoyat qilinadiki, Shomdan ayollar kelganida, Oisha onamiz ulardan:

“Sizlarning yurtlaringizda ayollar hammomga kirar ekan-a?” deb so‘raganlar.

Bu Madina ahli uchun notanish holat edi, ya’ni ayollar hammomlari u yerda bo‘lmagan.

Shunda Oisha roziyallohu anho aytdilar:

“Men Rasululloh ﷺdan eshitgan edimki:

«Qaysi ayol erining uyidan boshqa joyda kiyimini yechsa, u o‘zi bilan Alloh o‘rtasidagi hayo va satr pardasini yirtgan bo‘ladi.»

Shu hadisdan kelib chiqib, ulamolar aytadilarki, bu yerda aytilgan hukmning sababi — ayol kiyimini yoki hijobini begona erkak ko‘rishi ehtimoli mavjud bo‘lgan joyda yechishidir.

Agar ayol uyidan boshqa joyda hijobini yechsa va u yerda begona erkaklar kirishi, ko‘rishi yoki kuzatishi ehtimoli bo‘lsa, bu hadisning tahdidiga kiradi.

Ammo bunday ehtimol bo‘lmasa, masalan, ayol dugonasining uyiga mehmonga borsa, u yerda erkaklar bo‘lmasa, kamera bo‘lmasa, joy ishonchli va yopiq bo‘lsa, u yerda ro‘molini yechishi yoki sochlarini ochishi bu hadisga kirmaydi, deganlar ulamolar.

Chunki hadisdagi hukmning illati — begona erkaklar ko‘rishi ehtimoli mavjud bo‘lishidir.

Shuning uchun ayol kishi erkaklar kirishi yoki ko‘rishi ehtimoli bo‘lgan, shubhali joylarda hech qachon hijobini yechmasligi kerak.

Vallohu a’lam.

Javob muallifi:

Shayx Sodiq Samarqandiy

Maqola foydali bo’ldimi?

2

  • “Yolg‘izning yori shayton” hadisini qanday tushunamiz?

    August 7, 2026
  • Shahidlikka sabab bo‘luvchi amallarni aytib bering.

    July 31, 2026
  • Qamchisi sigir dumidek toifa kimlar?

    July 31, 2026
  • Erkak kishi kiyim almashtirayotganida avrati behos ko‘rinib qolishi.

    July 15, 2026
  • “Birodarlarimni ko‘rsam edi” hadisi sahihmi?

    July 14, 2026
  • “Erning qarindoshlari o‘limdir” hadisi sharhi.

    July 14, 2026