Mashhur qidiruvlar:

tavhid namoz zakot
Bosh sahifa >Qur’on >Kofirlarga itoat qilish deganda nimani tushunamiz?

Kofirlarga itoat qilish deganda nimani tushunamiz?

Nashr sanasi: July 14, 2026

Savol :

Ustoz, bir darsda Qur’oni Karimdan oyat keltirib: “Kim iymon keltirgandan keyin kofirlarga itoat qilsa, ular uni iymondan keyin kufrga qaytarib yuboradi”, degan edingiz.

Bu yerda kofirlarga itoat qilish nimani anglatadi? Hozir Rossiyada ko’p musulmonlar kofirlarning qo’l ostida ishlab yurishadi. Bu ham oyatda aytilgan kofirlarga itoat qilishga kiradimi?

Javob :

O’xshash savol-javoblar

Bu oyatdagi itoat degani — kufrda itoat qilish, ya’ni ularning diniga, e’tiqodiga va kufr yo’liga ergashishdir.

Bismillah,

Alloh taologa hamdlar, undan keyin payg‘ambar kelmaydigan oxirgi payg‘ambar, uning oilasi, sahobalari va qiyomatgacha ularga yaxshilik bilan ergashganlarga salovot va salomlar bo’lsin.

Bu oyatdagi itoat degani — kufrda itoat qilish, ya’ni ularning diniga, e’tiqodiga va kufr yo’liga ergashishdir.

Ammo dunyoviy ishlarda, inson manfaati uchun kofirdan foydalanish yoki uning ko’rsatmalariga amal qilish bu oyatdagi itoatga kirmaydi.

Masalan, Rasululloh ﷺ hijrat qilganlarida Abu Bakr roziyallohu anhu bilan birga yo’lga chiqqanlarida ularga yo’l ko’rsatgan kishi mushrik edi. U qaysi yo’ldan yurishni aytsa, shu yo’ldan yurganlar. Bu kufrda itoat emas, balki dunyoviy masalada mutaxassisdan foydalanish edi.

Xuddi shuningdek, agar shifokor kofir bo’lsa va: “Bu dorini iching, buni ichmang”, desa, uning maslahatiga amal qilinadi. Yoki yo’lda adashib qolib, kofirdan manzil so’rasangiz va u ko’rsatgan yo’ldan borsangiz, bu ham kofirga harom ma’nodagi itoat hisoblanmaydi.

Shuningdek, muhandis, ustoz yoki mutaxassis bo’lgan kofirdan kasb-hunar, texnologiya yoki qurilish ishlarini o’rganish ham joiz. Masalan, yaponiyalik mutaxassis ko’prik qurishni o’rgatsa yoki boshqa bir mutaxassis sanoat texnologiyasini o’rgatsa, undan foydalanish mumkin.

Demak, kofirdan foydalanish boshqa, unga kufrda itoat qilish boshqa narsadir.

Alloh taolo aytadi:

وَلَن تَرْضَىٰ عَنكَ ٱلْيَهُودُ وَلَا ٱلنَّصَـٰرَىٰ حَتَّىٰ تَتَّبِعَ مِلَّتَهُمْ 

“Yahudiylar ham, nasroniylar ham sen ularning diniga ergashmaguningcha sendan rozi bo’lmaydilar.”

Bu oyat ularning diniga, e’tiqodiga va yo’liga ergashishni nazarda tutadi.

Shunday ekan, oyatdagi man qilingan itoat — ularning kufr yo’liga, e’tiqodiga va diniga ergashishdir. Ammo dunyoviy ishlarda ulardan foydalanish, ulardan ilm yoki tajriba olish joizdir. Rasululloh ﷺning hijratdagi amallari bunga dalildir.

Vallohu a’lam.

Javob muallifi:

Shayx Sodiq Samarqandiy

Maqola foydali bo’ldimi?

1

  • Zehnim pastligi bois aqidaga oid eshitgan darslarimni eslab qololmayman…

    September 1, 2026
  • “Taraf” nima degani?

    July 8, 2026
  • Qur’onni xatm qilish duosi va muayyan vaqti bormi?

    January 28, 2026
  • Ortgan ovqatni yeb qo‘yish isrofmi?

    December 25, 2025
  • Uxlashdan oldin telefonda Qur’on eshitib yotish hukmi.

    December 18, 2025
  • Qur’onni mustahkamlash uchun ovozimni yozib, o‘zim tinglab, xatolarni tuzatsam bo‘ladimi?

    November 9, 2025