Mashhur qidiruvlar:

tavhid namoz zakot
Bosh sahifa >Har xil >Hadislar asosida multfilm yaratib, tarmoqqa joylasam bo‘ladimi?

Hadislar asosida multfilm yaratib, tarmoqqa joylasam bo‘ladimi?

Nashr sanasi: August 11, 2026

Savol :

Ustoz, men YouTube’da kontent tayyorlayman. YouTube’ga o‘yin videolari joylayman va bunga vaqtimni sarflayman. Endi shu ishimni foydali ishga aylantirmoqchiman. Multfilm ko‘rinishida hadislar haqida videolar tayyorlay olaman.

Shunday videolar tayyorlab, YouTube’ga joylasam joizmi?

Javob :

O’xshash savol-javoblar

Bu masalada Robita ulamolari va xususan Shayx Muhammad al-Munajjid kabi hozirgi zamon fatvo beruvchi ulamolarning ko‘pchiligi bunga ruxsat bergan.

Bismillah,

Alloh taologa hamdlar, undan keyin payg‘ambar kelmaydigan oxirgi payg‘ambar, uning oilasi, sahobalari va qiyomatgacha ularga yaxshilik bilan ergashganlarga salovot va salomlar bo’lsin

Bu masala ixtilofli masala. Shaxsan mening bu boradagi qarashim — ehtiyot bo‘lib, hukm aytishdan to‘xtalishdir. Ya’ni bunga qat’iy bir narsa deya olmayman.

Lekin shuni naql qilamanki, bu masalada Robita ulamolari va xususan Shayx Muhammad al-Munajjid kabi hozirgi zamon fatvo beruvchi ulamolarning ko‘pchiligi bunga ruxsat bergan.

Agar shunday bo‘lsa, ularning fatvolariga tayanib, foydali maqsadda, ayniqsa yoshlar uchun hadislar va Islom ta’limotlarini o‘rgatadigan videolar tayyorlasa, inshaalloh joiz bo‘ladi.

Vallohu a’lam.

Javob muallifi:

Shayx Sodiq Samarqandiy

Maqola foydali bo’ldimi?

1

  • Erkaklarga qaynana va qaynatalari borasida nasihat qiling.

    August 11, 2026
  • Mariya deb ism qo‘yish joizmi?

    August 11, 2026
  • “Kasallikdan tuzalsam, har kuni bir varaqdan Qur’on o‘qiyman”, deb nazr qilgan kishining savoli.

    August 11, 2026
  • Yangi hovlimga suv tortishimga qo‘shnilar rozi bo‘lmayapti…

    August 7, 2026
  • Sakinat nima?

    August 7, 2026
  • Ayol kishi tirnoq bo‘yash va soch kesish kasbi bilan shug‘ullanishi joizmi?

    August 7, 2026