Mashhur qidiruvlar:

tavhid namoz zakot
Bosh sahifa >Namoz >Benamoz akaga nasihat.

Benamoz akaga nasihat.

Nashr sanasi: May 13, 2025

Savol :

Ustoz, akam oxirgi paytlarda namozga beparvo bo‘lib qoldi. Gapirmoqchi bo‘laman, ammo mendan katta, mendan ilmliroq. Katta ulamolarni eshitadi. Ba’zida o‘qiydi, ba’zida butunlay qoldiradi. Akamga yuragim achiydi. Iltimos, unga bir og‘iz nasihat qiling va duo ham qilib qo‘ying.

Javob :

O’xshash savol-javoblar

Akangiz namozni ba’zida o‘qib, ba’zida qoldirayotgan bo‘lsa, ilmli bo‘lishi, katta ulamolarni eshitishi — bu holatini oqlamaydi. Chunki haqiqiy ilm – amal bilan bezaladi. Namoz – iymonning belgisidir.

Bismillah,

Alloh taologa hamdlar, undan keyin payg‘ambar kelmaydigan oxirgi payg‘ambar, uning oilasi, sahobalari va qiyomatgacha ularga yaxshilik bilan ergashganlarga salovot va salomlar bo’lsin.

Alloh sizni akangizga achinib, unga hidoyat tilayotganingiz uchun ajr bersin. Bu – iymon alomati.

Akangiz namozni ba’zida o‘qib, ba’zida qoldirayotgan bo‘lsa, ilmli bo‘lishi, katta ulamolarni eshitishi — bu holatini oqlamaydi. Chunki haqiqiy ilm – amal bilan bezaladi. Namoz – iymonning belgisidir. Rasululloh ﷺ aytganlar:

بَيْنَ الرَّجُلِ وَبَيْنَ الشِّرْكِ وَالْكُفْرِ تَرْكَ الصَّلاَةِ ‏”‏ ‏.‏

“Kishi bilan shirk va kufr o‘rtasidagi chegara — bu namozni tark qilishdir.” (Muslim, 82)

Agar inson namozga beparvo bo‘lsa, bu – iymonda zaiflik belgisidir. Bu holatni juda jiddiy ogohlantirish deb qabul qilish kerak. Namozni tark qilish – ularni o‘ziga yomon oqibatlarni tortuvchi katta gunohdir.

Nasihat:

Ey birodar! Hayot qisqa, ajali noma’lum. Hali yoshsiz, quvvatingiz bor, vaqt bor — shu imkoniyatdan foydalaning! Oxiratda eng birinchi so‘raladigan amal namoz bo‘ladi. Agar u to‘g‘ri bo‘lsa, qolgan amallar ham tuzatilib ketadi. Ammo agar u buzilgan bo‘lsa — qolganlar ham barbod bo‘ladi.

Namoz – nurdir, hayotga baraka, qalbga sokinlik, ruhga xotirjamlik olib keladi. Ilmni barakali qiladigan ham aynan namozdir. O‘zimizni shayton aldab, “men boshqa yaxshi amallar qilayapman” deb ovutishimiz mumkin. Ammo bu – hiyla. Allohga yaqinlik – namoz bilan bo’ladi.

“Allohim, akamga hidoyat nasib qil, qalbini namozga bog‘la. Uni namozning nuridan bahramand et, bandaligingni his qiladigan solihlardan qil. Āmīn.”

Vallāhu a‘lam.

Javob muallifi:

Shayx Sodiq Samarqandiy

Maqola foydali bo’ldimi?

0

  • Bir yildan beri Rossiyadaman, namozimni to‘liq o‘qishim kerakmi?

    August 31, 2026
  • Yangi namoz boshlaganlarga nasihat qiling.

    August 20, 2026
  • Ayollar masjidda azon aytilishini kutmay, taqvimga ko‘ra namozni vaqtida o‘qishi afzalmi?

    August 13, 2026
  • Qazo namozlar qachon o‘qiladi?

    August 11, 2026
  • Masjidlarda qurilish va ta’mirlash uchun kerakli mablag‘ yig‘ib bo‘linganidan keyin ham yana pul yig‘ish to‘g‘rimi?

    July 25, 2026
  • Bomdodni ko‘p qazo qilyapman…

    July 25, 2026