Mashhur qidiruvlar:

tavhid namoz zakot
Bosh sahifa >Namoz >Asr namozidan keyin Subhanalloh, Alhamdulillah, Allohu Akbar deyish, istig‘for va salavot aytish

Asr namozidan keyin Subhanalloh, Alhamdulillah, Allohu Akbar deyish, istig‘for va salavot aytish

Nashr sanasi: April 23, 2025

Savol :

Ustoz, men asr namozidan keyin ba’zan joynamoz ustida, ba’zan esa joynamozni yig‘ib, joyimni o‘zgartirib tasbeh sanayman. Subhanalloh, Alhamdulillah deb aytaman, 100 martadan istig‘for va salavot aytaman. Bu ishim joizmi?

Javob :

O’xshash savol-javoblar

Albatta, Subhanalloh, Alhamdulillah, Allohu Akbar deyish — sunnatda bor bo‘lgan amallar. Rasululloh sollallohu alayhi vasallam bunga targ‘ib qilganlar, ya’ni bu amallar sunnatlarda kelgan. Bu — hammaga oid, barchaga tavsiya etilgan amal. Istig‘for va salavot aytish — shar’an man etilmagan, balki targ‘ib etilgan ibodatdir.

Albatta, Subhanalloh, Alhamdulillah, Allohu Akbar deyish — sunnatda bor bo‘lgan amallar. Rasululloh sollallohu alayhi vasallam bunga targ‘ib qilganlar, ya’ni bu amallar sunnatlarda kelgan. Bu — hammaga oid, barchaga tavsiya etilgan amal.

Ammo “100 marta istig‘for aytaman, salavot aytaman” deganingiz ham joiz. Bu ham yaxshi amal. Sunnatda aynan “shuncha marta ayting” deyilgan bo‘lmasa ham, umumiy qilib aytganda, istig‘for va salavot aytish — shar’an man etilmagan, balki targ‘ib etilgan ibodatdir.

Shunchaki, “bu sunnatdagi amal” deb aniq sunnatdan bo‘lmagan songa nisbat bermasangiz bo‘ldi. Ya’ni, necha marta istig‘for aytsangiz, necha marta salavot aytsangiz — ixtiyoringizda. 100 marta aytasizmi, 200 marta aytasizmi — bemalol. Hech kim sizga “istig‘for aytma, salavot aytma” deya olmaydi.

Javob muallifi:

Shayx Sodiq Samarqandiy

Maqola foydali bo’ldimi?

0

  • Vitrni xuftondan alohida o‘qish shartmi?

    June 3, 2026
  • Muqtadiy 3- va 4-rakaatda “Fotiha” o‘qishi yonidagilarga yoqmasa, nima qilishi kerak?

    May 25, 2026
  • Peshin farzidan keyin necha rakaat sunnat o‘qish afzal?

    May 4, 2026
  • Namozda ayol kishining oyog‘i avrat sanaladimi?

    April 29, 2026
  • Peshinni asr vaqtiga taqab o‘qisa bo‘ladimi?

    April 29, 2026
  • O‘n yillikk qazo namozlarim tugadi, yana o‘qisam bo‘ladimi?

    April 23, 2026