Mashhur qidiruvlar:

tavhid namoz zakot
Bosh sahifa >Namoz >Namozga bir rakat kechikish va zam sura

Namozga bir rakat kechikish va zam sura

Nashr sanasi: June 11, 2025

Savol :

Ustoz, namozga bir rakat kech qolgan kishi oxirgi rakatda zam sura qilmaydimi?

Javob :

O’xshash savol-javoblar

Bu holatda, kech qolingani birinchi rakat bo‘lganligi uchun unda zam sura o‘qish kerak bo‘ladi.

Bu kishi zam sura qiladi. Lekin bunda ixtilof bor.

Oldinroq ham bu masalaga oid bir-ikkita savol-javoblarda batafsil izoh bergan edik. Ya’ni, agar siz namozga kechikib kelsangiz, Payg‘ambar alayhissalomning:

“Imom salom berganidan keyin sizlar o‘tkazib yuborgan rakatlaringizni qazo qilinglar”,
— degan hadisi asosida siz o‘tkazib yuborgan rakatni o‘qishingiz kerak bo‘ladi.

Bu holatda, siz imom salom berganidan keyin turib o‘qiydigan rakat — siz uchun birinchi rakat hisoblanadi. Birinchi rakat bo‘lganligi uchun unda zam sura o‘qish kerak bo‘ladi.

Agar siz o‘sha rakatni to‘rtinchi rakat deb hisoblasangiz, unda zam sura o‘qish vojib bo‘lmaydi, ammo Fotiha surasini o‘qishingiz shart bo‘ladi.

Bu ixtilofli masala. Eng to‘g‘risi — vallohu a’lam.

Bizningcha, xilofdan chiqish uchun zam sura qilish afzal bo‘ladi. Vallohu a’lam.

Javob muallifi:

Shayx Sodiq Samarqandiy

Maqola foydali bo’ldimi?

0

  • Bir yildan beri Rossiyadaman, namozimni to‘liq o‘qishim kerakmi?

    August 31, 2026
  • Yangi namoz boshlaganlarga nasihat qiling.

    August 20, 2026
  • Ayollar masjidda azon aytilishini kutmay, taqvimga ko‘ra namozni vaqtida o‘qishi afzalmi?

    August 13, 2026
  • Qazo namozlar qachon o‘qiladi?

    August 11, 2026
  • Masjidlarda qurilish va ta’mirlash uchun kerakli mablag‘ yig‘ib bo‘linganidan keyin ham yana pul yig‘ish to‘g‘rimi?

    July 25, 2026
  • Bomdodni ko‘p qazo qilyapman…

    July 25, 2026