Mashhur qidiruvlar:

tavhid namoz zakot
Bosh sahifa >Namoz >Qazo namozlari qanday o‘qiladi?

Qazo namozlari qanday o‘qiladi?

Nashr sanasi: May 23, 2025

Savol :

Ustoz, namozlarning qazosi qanday o‘qiladi? Bir vaqtda jamlab o‘qish mumkinmi yoki har bir besh vaqt namozning farzidan keyin o‘qish kerakmi? Iltimos, tushuntirib bersangiz

Javob :

O’xshash savol-javoblar

Bu masalada shariatda qanday o‘qish haqida aniq bir ko‘rsatma yoki nas kelmagan. Odam o‘zining imkoniyati, kuchi va g‘ayratiga qarab, hohlagan paytda, qanchalik ado qila olsa, shunchalik o‘qiyveradi.

Bismillah, alhamdulillah, vassalatu vassalamu ‘ala Rasulillahi va ba’d.

Bu masalada shariatda qanday o‘qish haqida aniq bir ko‘rsatma yoki nas kelmagan. Shariatda mutlaq aytilgan narsalar mutlaqligicha talqin qilinadi. Ya’ni, qanday xohlasangiz, shunday o‘qishingiz mumkin: istasangiz, har farz namozdan keyin bittadan qazo o‘qing; istasangiz, kechqurun bir kunlik qazoning hammasini jamlab o‘qing; istasangiz, kunduz o‘qing, kechasi o‘qing, ko‘proq o‘qing — bu jihatdan cheklov yo‘q.

Shariatda bu borada “mana bunday qil” degan aniq ko‘rsatma bo‘lmagani sababli, odam o‘zining imkoniyati, kuchi va g‘ayratiga qarab, qanchalik ado qila olsa, shunchalik o‘qiyveradi.

Vallohu a‘lam.

Javob muallifi:

Shayx Sodiq Samarqandiy

Maqola foydali bo’ldimi?

3

  • Vitrni xuftondan alohida o‘qish shartmi?

    June 3, 2026
  • Muqtadiy 3- va 4-rakaatda “Fotiha” o‘qishi yonidagilarga yoqmasa, nima qilishi kerak?

    May 25, 2026
  • Peshin farzidan keyin necha rakaat sunnat o‘qish afzal?

    May 4, 2026
  • Namozda ayol kishining oyog‘i avrat sanaladimi?

    April 29, 2026
  • Peshinni asr vaqtiga taqab o‘qisa bo‘ladimi?

    April 29, 2026
  • O‘n yillikk qazo namozlarim tugadi, yana o‘qisam bo‘ladimi?

    April 23, 2026