Mashhur qidiruvlar:

tavhid namoz zakot
Bosh sahifa >Tahorat >Tahorat olgandan so‘ng soch yoki soqolni kaltartirsa, tahorat yangilanishi kerakmi?

Tahorat olgandan so‘ng soch yoki soqolni kaltartirsa, tahorat yangilanishi kerakmi?

Nashr sanasi: May 4, 2025

Savol :

Tahorat olgandan so‘ng soch yoki soqolni kaltartirsa, tahorat yangilanishi kerakmi?

Men soch-soqol olingandan keyin, suv tegmagan qismiga suv tegishi kerak, deb o‘ylab qaytadan tahorat olaman. Shu amalim to‘g‘rimi?

Javob :

O’xshash savol-javoblar

Tahorat olayotganda yuvilishi farz bo‘lgan joylarga suv yetgan bo‘lsa, tahorat to‘liq hisoblanadi. Keyinchalik soch yoki soqolni kamaytirish bu tahoratni bekor qilmaydi.

Bismillah,

Alloh taologa hamdlar, undan keyin payg‘ambar kelmaydigan oxirgi payg‘ambar, uning oilasi, sahobalari va qiyomatgacha ularga yaxshilik bilan ergashganlarga salovot va salomlar bo’lsin.

Bu amalingiz to‘g‘ri emas. Tahoratdan so‘ng soch yoki soqolni qisqartirish tahoratga zarar yetkazmaydi. Ya’ni tahorat olayotganda yuz yoki boshga suv tegkan bo‘lsa, keyinroq soqol yoki mo‘ylovni qisqartirish, sochni qirqish — tahoratni buzmeydi va uni yangilash shart emas.

Shu sababli, soch-soqolni tahoratdan keyin qirqib, keyin yana tahorat olishbid’atga o‘xshash amaldir. Tahoratni yangilash farz yoki sunnat emas.

Ya’ni, tahorat olayotganda yuvilishi farz bo‘lgan joylarga suv yetgan bo‘lsa, tahorat to‘liq hisoblanadi. Keyinchalik soch yoki soqolni kamaytirish bu tahoratni bekor qilmaydi.

Vallāhu a‘lam.

Javob muallifi:

Shayx Sodiq Samarqandiy

Maqola foydali bo’ldimi?

0

  • Shunchaki cho‘milgan kishi g‘usl qilgan bo‘ladimi?

    September 2, 2026
  • Tahorati ikkita namozga yetmagan odam sohibi uzr bo‘ladimi?

    July 12, 2026
  • Junub holatida bola tuqqan va emizgan ayol gunohkor bo‘ladimi?

    June 29, 2026
  • Shofeiy erimga qo‘lim tegsa, tahorati buziladimi?

    June 13, 2026
  • Namozda kulsa tahorat sinadimi?

    October 31, 2025
  • Tahorat buzilishidan avval mahsi kiyib olish haqida.

    August 18, 2025