Mashhur qidiruvlar:

tavhid namoz zakot
Bosh sahifa >Tahorat >Tahorati ikkita namozga yetmagan odam sohibi uzr bo‘ladimi?

Tahorati ikkita namozga yetmagan odam sohibi uzr bo‘ladimi?

Nashr sanasi: July 12, 2026

Savol :

Ustoz, mening tahoratim tez-tez sinib qolgandek tuyuladi. Tahoratim ketdi degan xayol bilan namoz o’qisam, xushu’im yo’qoladi.

Bir ahli ilmdan so’raganimda: “Agar tahoratingiz ketgani sababli ikki namozni bir tahorat bilan o’qiy olmasangiz, sohibi uzr hukmi boshlanadi”, degan edi. Men sohibi uzr hisoblanamanmi?

Javob :

O’xshash savol-javoblar

Yo’q, siz sohibi uzr bo’lmaysiz.

Bismillah,

Alloh taologa hamdlar, undan keyin payg‘ambar kelmaydigan oxirgi payg‘ambar, uning oilasi, sahobalari va qiyomatgacha ularga yaxshilik bilan ergashganlarga salovot va salomlar bo’lsin.

Yo’q, siz sohibi uzr bo’lmaysiz. Siz aytayotgan holat ko’proq vasvasaga o’xshaydi.

Tahoratim bormi yoki yo’qmi, degan shubhalarga e’tibor bermang. Asl qoida shuki: tahorat borligi aniq bo’lsa, uni buzilganiga aniq dalil bo’lmaguncha tahorat saqlanib qolgan hisoblanadi.

Shuning uchun vasvasa kelsa: “Tahoratim bor”, deb namozingizni davom ettiring. Bir-ikki marta shunday qilsangiz, Allohning izni bilan bu vasvasa asta-sekin yo’qoladi.

Agar vasvasaga ergashsangiz, shayton uni yanada kuchaytiradi. “Tahoratsiz o’qiding”, “Namozing qabul bo’lmadi”, “Qayta o’qi”, deb sizni bezovta qilaveradi. Natijada ibodat og’irlikka aylanadi.

Shaytonning maqsadi ham mo’minni ibodatdan bezdirishdir. Shuning uchun bu vasvasalarga eshik ochmang.

Sohibi uzr esa bunday emas. Sohibi uzr — bir namoz vaqti davomida tahorat olib namozni ado etishga imkon topolmaydigan, uzri uzluksiz davom etadigan kishidir. Har safar tahorat olsa ham, uzri to’xtamaydi va namozni tahorat bilan tugatishga imkon bo’lmaydi.

Siz aytgan holat esa bunga kirmaydi.

Vallohu a’lam.

Javob muallifi:

Shayx Sodiq Samarqandiy

Maqola foydali bo’ldimi?

1

  • Junub holatida bola tuqqan va emizgan ayol gunohkor bo‘ladimi?

    June 29, 2026
  • Shofeiy erimga qo‘lim tegsa, tahorati buziladimi?

    June 13, 2026
  • Namozda kulsa tahorat sinadimi?

    October 31, 2025
  • Tahorat buzilishidan avval mahsi kiyib olish haqida.

    August 18, 2025
  • Tahoratdan so‘ng siydik tomib qolganini bilmay o‘qilgan namozlar hukmi.

    July 29, 2025
  • Safarda mahsiga 3 kun mas’h tortish joizmi?

    July 8, 2025