Mashhur qidiruvlar:

tavhid namoz zakot
Bosh sahifa >Tahorat >Shunchaki cho‘milgan kishi g‘usl qilgan bo‘ladimi?

Shunchaki cho‘milgan kishi g‘usl qilgan bo‘ladimi?

Nashr sanasi: September 2, 2026

Savol :

Oddiy cho‘milishni reja qilib, cho‘milib chiqqan kishi g‘usl qilgan bo‘ladimi? Shu bilan namoz o‘qisa bo‘ladimi?

Javob :

O’xshash savol-javoblar

Jumhur ulamolar bu ibodat. Ibodat niyatsiz bo‘lmaydi. Albatta, g‘usl niyati bilan cho‘milish kerak”, deydilar.

 Bismillah,

Alloh taologa hamdlar, undan keyin payg‘ambar kelmaydigan oxirgi payg‘ambar, uning oilasi, sahobalari va qiyomatgacha ularga yaxshilik bilan ergashganlarga salovot va salomlar bo’lsin

Agar g‘usl vojib bo‘lgan bo‘lsa, ya’ni bu odam janobat holatida bo‘lsa, masalan, ayol kishining hayzi to‘xtagan yoki erkak kishi janobat holatida bo‘lgan bo‘lsa, g‘uslni niyat qilmasdan, oddiy cho‘milish niyatida tushib, cho‘milib chiqsa, Hanafiy mazhabiga muvofiq aytilsa, uning g‘usli g‘usl bo‘ladi, tahorati ham tahorat bo‘ladi.

Masalan, bir kishi anhorda cho‘kib ketyapti. Junub odam uni qutqarish uchun suvga kalla urib, suvdan olib chiqdi. Cho‘milish uning xayoliga ham kelmagan. Keyin qarasa, o‘zi ham cho‘milib bo‘libdi. “G‘usl o‘z-o‘zidan bo‘lib ketibdi”, deyiladi.

Kiyimga najosat tegsa, o‘sha kiyim bilan, masalan, anhorga birovni suvdan qutqarish uchun tushib chiqsangiz, kiyimdagi najosat ketib, o‘z-o‘zidan toza bo‘lib qolgani kabi, g‘usl ham, tahorat ham o‘z-o‘zidan bo‘lib ketadi, deydi Hanafiylar.

Jumhur ulamolar esa: “Yo‘q, bu ibodat. Ibodat niyatsiz bo‘lmaydi. Albatta, g‘usl niyati bilan cho‘milish kerak”, deydilar. Bunga:

«إِنَّمَا الْأَعْمَالُ بِالنِّيَّاتِ»

“Amallar niyatlarga ko‘radir”, degan hadisni dalil qiladilar.

Ularning nazdida tahorat va g‘uslga niyat shart bo‘ladi. Chunki Rasululloh ﷺ amallar niyatga ko‘ra bo‘lishini aytganlar. Agar janobatdagi odam faqat salqinlash yoki oddiy cho‘milish uchun cho‘milsa, janobatdan g‘usl qilish niyati xayoliga ham kelmagan bo‘lsa, uning g‘usli g‘usl bo‘lmaydi.

Chunki g‘usl — ibodat, tahorat ham ibodat. Ibodat esa niyatsiz bo‘lmaydi, o‘z-o‘zidan bo‘lib qolmaydi.

Masalan, men pulimni birovga qarzga berdim. Keyin: “Olganingiz bo‘ldi, shu zakotim bo‘lib qolsin”, desam, bo‘lmaydi. Chunki pulni berish paytida zakot niyatim bo‘lishi kerak. Zakot ibodat bo‘lganligi uchun niyatga muhtoj.

Xuddi shuningdek, to‘rt rak’at namoz o‘qib bo‘lib: “Shu o‘qiganim farzga o‘tib qolsin”, desam, bo‘lmaydi. Farz namozini o‘qish niyati “Allohu akbar” deyishimdan oldin bo‘lishi kerak.

Ana shunday, ibodat bo‘lgandan keyin niyatga muhtoj bo‘ladi. Tahorat va g‘usl ibodatmi? Ibodat. Ibodat bo‘lgandan keyin, albatta, niyatga muhtoj bo‘ladi.

Bu masalada mazhablar o‘rtasida ancha tortishuv bor. Ikki tomonda ham dalillar bor. Bu fiqh kitoblarida o‘z o‘rnida batafsil bayon qilingan.

Bundagi bizning e’tiqodimiz shu: niyat qilish kerak, deymiz. Chunki hadisda:

«إِنَّمَا الْأَعْمَالُ بِالنِّيَّاتِ»

“Amallar niyatlarga ko‘radir”, deyilgan.

Vallohu a’lam.

Javob muallifi:

Shayx Sodiq Samarqandiy

Maqola foydali bo’ldimi?

0

  • Tahorati ikkita namozga yetmagan odam sohibi uzr bo‘ladimi?

    July 12, 2026
  • Junub holatida bola tuqqan va emizgan ayol gunohkor bo‘ladimi?

    June 29, 2026
  • Shofeiy erimga qo‘lim tegsa, tahorati buziladimi?

    June 13, 2026
  • Namozda kulsa tahorat sinadimi?

    October 31, 2025
  • Tahorat buzilishidan avval mahsi kiyib olish haqida.

    August 18, 2025
  • Tahoratdan so‘ng siydik tomib qolganini bilmay o‘qilgan namozlar hukmi.

    July 29, 2025