Mashhur qidiruvlar:

tavhid namoz zakot
Bosh sahifa >Tahorat >Shofeiy erimga qo‘lim tegsa, tahorati buziladimi?

Shofeiy erimga qo‘lim tegsa, tahorati buziladimi?

Nashr sanasi: June 13, 2026

Savol :

Turmush o‘rtog‘im turk. U: «Men Shofe’iy mazhabiga amal qilaman», deydi va tahorat qilayotganda mendan qochadi. «Mendan uzoqroq tur, tahoratim buziladi», deydi.

Hatto qo‘lim tegib ketsa ham baqirib yuboradi. Mening bundan jahlim chiqadi. Men unga bu ishing noto‘g‘riligini aytaman va: «Seni Allohga shikoyat qilaman», deyman.

Nima qilsam bo‘ladi? Yoki rostdan ham qo‘lim tegsa tahorati buziladimi?

Sizdan Alloh rozi bo‘lsin. Har doim sizni kuzatib boraman.

Javob :

O’xshash savol-javoblar

Turmush o‘rtog‘ingiz bu masalani biroz qattiqroq olib yuborgan ko‘rinadi.

Bismillah,

Alloh taologa hamdlar, undan keyin payg‘ambar kelmaydigan oxirgi payg‘ambar, uning oilasi, sahobalari va qiyomatgacha ularga yaxshilik bilan ergashganlarga salovot va salomlar bo’lsin.

Turmush o‘rtog‘ingiz bu masalani biroz qattiqroq olib yuborgan ko‘rinadi.

Shofe’iy mazhabida erkak va ayolning orasida to‘siqsiz teri tegishi tahoratni buzadi, degan mashhur qavl bor. Bu masalada ular:

أَوْ لَامَسْتُمُ النِّسَاءَ

oyatini lug‘aviy ma’noda tushunib, «ayollarga tegish» deb tafsir qilganlar.

Jumhur ulamolar esa bu oyatdagi ma’no yaqinlik qilishga kinoya deb tushuntirganlar. Shu sababli Hanafiy mazhabida oddiy tegish bilan tahorat buzilmaydi.

Lekin agar eringiz Shofe’iy mazhabiga amal qilayotgan bo‘lsa va bu masalada o‘z mazhabining hukmiga rioya qilayotgan bo‘lsa, uning bu amalini tushunishga harakat qiling.

Biroq masalani haddan tashqari og‘irlashtirish, har safar qo‘li tegib ketganida jahl qilish yoki baqirish to‘g‘ri emas. Bu bilan inson o‘ziga ham, boshqalarga ham qiyinchilik tug‘dirib qo‘yadi.

Sizga tavsiya shuki, eringiz bilan bu masalani tortishuvsiz va xotirjam tarzda muhokama qiling. «Seni Allohga shikoyat qilaman», deb aytish o‘rniga, masalani ilm va tushunish bilan hal qilishga harakat qiling.

Modomiki sizlar er-xotin ekansizlar, bir-biringizning fiqhiy qarashlaringizni hurmat qilishingiz va o‘zaro murosada yashashingiz kerak.

Agar eringiz Shofe’iy mazhabi bo‘yicha amal qilayotgan bo‘lsa, siz uning mazhabiga hurmat bilan qarashingiz kerak. Xuddi shuningdek, u ham sizning mazhabingizga hurmat bilan qarashi lozim.

Vallohu a’lam.

Javob muallifi:

Shayx Sodiq Samarqandiy

Maqola foydali bo’ldimi?

1

  • Namozda kulsa tahorat sinadimi?

    October 31, 2025
  • Tahorat buzilishidan avval mahsi kiyib olish haqida.

    August 18, 2025
  • Tahoratdan so‘ng siydik tomib qolganini bilmay o‘qilgan namozlar hukmi.

    July 29, 2025
  • Safarda mahsiga 3 kun mas’h tortish joizmi?

    July 8, 2025
  • Namozda peshob kelgandek tuyilaversa, nima qilish kerak?

    July 7, 2025
  • Suv bo‘lsa, uni ataylab to‘kib yuborib tayammum qilsa bo‘ladimi?

    July 1, 2025