O’g’lim to’rt yarim yoshda. Juda qo’rqoq va uyatchan bo’lib qolyapti.
Beboshlik qilganida men uni ko’p urib-so’kardim. Shunga shunday bo’lib qoldimikan? Bog’chaga bersak qo’rqmaydigan bola bo’larmikin, deb o’yladik. Lekin yig’lab, bog’chaga borishga hech ko’nmayapti. Yig’lasa ham majburlab yuborsam bo’ladimi? Iltimos, maslahat bering.
Qanday qilib uni qo’rqmas, kuchli qilib tarbiyalasak bo’ladi?