Mashhur qidiruvlar:

tavhid namoz zakot
Bosh sahifa >Har xil >Tunda ishlash xatomi?

Tunda ishlash xatomi?

Nashr sanasi: July 25, 2026

Savol :

Ustoz, men hozir vaqtinchalik xufton namozidan keyin bomdodgacha tungi smenada ishlayman.

Bir birodarimiz: “Alloh taolo tunni uxlash va dam olish uchun yaratgan. Tun bilan kunni almashtirib yashash to’g’ri emas”, dedi.

Men esa tunda ishlashim sababli hozircha na o’zimga, na dinimga biror zarar yetganini ko’rmadim. Tunda ishlab, kunduzi uxlab olsam bo’ladimi yoki birodarimizning gapi to’g’rimi?

Javob :

O’xshash savol-javoblar

Tunda ishlash shar’an harom emas. Biroq afzali — kechasi uxlab, kunduzi ishlashdir.

 Bismillah,

Alloh taologa hamdlar, undan keyin payg‘ambar kelmaydigan oxirgi payg‘ambar, uning oilasi, sahobalari va qiyomatgacha ularga yaxshilik bilan ergashganlarga salovot va salomlar bo’lsin

Tunda ishlash shar’an harom emas. Biroq afzali — kechasi uxlab, kunduzi ishlashdir.

Chunki Alloh taolo kechani dam olish va uyqu uchun, kunduzni esa tirikchilik qilish uchun yaratganini Qur’onda bayon qilgan.

Bugungi kunda tibbiyot mutaxassislari ham kechasi uxlashning inson salomatligi uchun juda foydali ekanini ta’kidlamoqdalar. Ayniqsa, xufton namozidan keyin erta uxlash organizmda sog’liq va quvvat uchun foydali bo’lgan ayrim gormonlarning ajralishiga yordam beradi.

Shuningdek, uzoq vaqt davomida tungi uyqudan mahrum bo’lish ayrim kasalliklar, doimiy charchoq va gormonal muvozanatning buzilishiga sabab bo’lishi mumkinligi ham aytiladi.

Lekin bu, kechasi ishlash harom yoki gunoh degani emas.

Agar tirikchilik, kasb yoki boshqa zarurat sababli inson tungi smenada ishlashga majbur bo’lsa, buning shar’an hech qanday man qilinadigan tomoni yo’q. Chunki hamma ham kunduzgi ish topa olmaydi. Ba’zan inson oilasini boqish uchun tungi smenada ishlashiga to’g’ri keladi.

Shuning uchun, agar zarurat bo’lsa, tunda ishlab, kunduzi dam olishingiz joiz.

Ammo imkon topilganida, kechasi uxlab, kunduzi ishlash afzalroq va insonning tabiiy hayot tarziga ham ko’proq mos keladi.

Vallohu a’lam.

Javob muallifi:

Shayx Sodiq Samarqandiy

Maqola foydali bo’ldimi?

2

  • Telefon nasiya savdosi bilan shug‘ullanadigan kishining savoli.

    September 2, 2026
  • Hisob raqamdagi pulni firma orqali naqd qilishga oid savol.

    September 1, 2026
  • Spirtli ichimliklar bor uyda yashash va namoz o‘qish.

    August 31, 2026
  • Erkaklarga qaynana va qaynatalari borasida nasihat qiling.

    August 11, 2026
  • Mariya deb ism qo‘yish joizmi?

    August 11, 2026
  • “Kasallikdan tuzalsam, har kuni bir varaqdan Qur’on o‘qiyman”, deb nazr qilgan kishining savoli.

    August 11, 2026