Mashhur qidiruvlar:

tavhid namoz zakot
Bosh sahifa >Har xil >“Dinda haraj yo‘q” deyish bilan sustkashlik chegarasi.

“Dinda haraj yo‘q” deyish bilan sustkashlik chegarasi.

Nashr sanasi: July 24, 2026

Savol :

Ustoz, “dinda haraj yo’q” deyilishi bilan dangasalik qilmaslikning mezoni qanday? Ya’ni bir inson: “Dinda haraj yo’q”, deb ayrim amallarni tark etsa, bu sustkashlik hisoblanmaydimi?

Javob :

O’xshash savol-javoblar

Shariat buyurgan amallarni ado etish insonni chidab bo’lmas qiyinchilikka solmaydi.

 Bismillah,

Alloh taologa hamdlar, undan keyin payg‘ambar kelmaydigan oxirgi payg‘ambar, uning oilasi, sahobalari va qiyomatgacha ularga yaxshilik bilan ergashganlarga salovot va salomlar bo’lsin

“Dinda haraj yo’q” degani, amallarni tark qilish mumkin degani emas. Balki Alloh taolo bandalariga ularning toqatidan tashqari narsani yuklamagan, deganidir.

Ya’ni shariat buyurgan amallarni ado etish insonni chidab bo’lmas qiyinchilikka solmaydi.

Masalan, besh vaqt namozni o’qigan odam halokatli qiyinchilikka duch kelmaydi. Ramazon ro’zasini tutish ham insonni toqatidan tashqari yuk ostida qoldirmaydi. Xuddi shuningdek, ayol kishining hijobda yurishi ham aslida qiyinchilik emas.

Hijob o’ramagan ayrim ayollar hijobni og’ir yuk deb tasavvur qilishlari mumkin. Ammo hijobda yurgan ayollar uning qalbga beradigan xotirjamligi, pokligi va sakinatini yaxshi his qiladilar. Ular uchun hijob aksincha huzur va saodat manbaidir.

Demak, shariat buyurgan hukmlarga amal qilishda insonni chidab bo’lmas darajada siqib qo’yadigan qiyinchilik yo’q.

Masalan, najosat tekkan kiyimni yuvish kifoya qiladi. Agar shariat: “Najosat tekkan kiyimni yuvish emas, balki qirqib tashlash kerak”, deganida, bu odamlar uchun katta mashaqqat bo’lar edi. Kiyim isrof bo’lar, odamlar doimo yangi kiyim olishga yoki yamoq kiyim kiyishga majbur bo’lib qolishardi. Shariat esa bunday mashaqqatni yuklamagan.

Shuning uchun “dinda haraj yo’q” degan qoida shariat ko’rsatmalariga amal qilgan inson qiyinchilikka tushmaydi, degan ma’noni anglatadi.

Bu qoida: “Xohlasang amal qil, xohlamasang tark et”, degan ma’noni anglatmaydi. Uni shu tarzda tushunish dangasalik va sustkashlikka yo’l ochib beradi. Bu esa shariatning maqsadiga mutlaqo zid.

Vallohu a’lam.

Javob muallifi:

Shayx Sodiq Samarqandiy

Maqola foydali bo’ldimi?

0

  • Tunda ishlash xatomi?

    July 25, 2026
  • Gigienaga amal qilish hukmi.

    July 24, 2026
  • Erim vatanda qolgan onamni ziyorat qilishga yubormaydi…

    July 24, 2026
  • Urfga ko‘ra ota uyi kichik farzandga qolishi to‘g‘rimi?

    July 24, 2026
  • Singlimning noshar’iy o‘tadigan to‘yiga bormasligimga ota-onam ko‘nmayapti…

    July 23, 2026
  • Bolamga nasroniy dugonamning sutini ichirsam bo‘ladimi?

    July 21, 2026