Mashhur qidiruvlar:

tavhid namoz zakot
Bosh sahifa >Har xil >Singlimning noshar’iy o‘tadigan to‘yiga bormasligimga ota-onam ko‘nmayapti…

Singlimning noshar’iy o‘tadigan to‘yiga bormasligimga ota-onam ko‘nmayapti…

Nashr sanasi: July 23, 2026

Savol :

Ustoz, men oilam bilan chet elda yashayman.

Yaqinda singlimning to’yi bo’ladi. To’y O’zbekistonda bo’ladi. Afsuski, to’yda ichkiliklar qo’yiladi, erkak va ayollar aralash o’tirishadi, turli o’yin-kulgilar bo’ladi.

Men: “Agar to’yni shariatga muvofiq qilsangiz, albatta boramiz. Aks holda bormaymiz”, desam, ota-onam xafa bo’lyapti.

Nima desam ham, nima qilsam ham ko’nishmayapti. Hatto: “Albatta kelasan, kelmasang bizni ota-ona demagin”, deyishyapti.

Ayolim esa: “To’yxonaga bormaymiz, hech bo’lmasa uyga boraylik. Axir to’y to’yxonada bo’ladi-ku”, deydi. Men esa o’sha to’y bo’ladigan kunlarda uyga ham borgim kelmayapti.

Ustoz, maslahat bering, qanday yo’l tutsak to’g’ri bo’ladi?

Javob :

O’xshash savol-javoblar

Agar borsangiz ham, u yerda bo’layotgan gunohlarga aralashmaslik, ularga sherik bo’lmaslikning imkoni bo’lsa, borishingiz mumkin.

 Bismillah,

Alloh taologa hamdlar, undan keyin payg‘ambar kelmaydigan oxirgi payg‘ambar, uning oilasi, sahobalari va qiyomatgacha ularga yaxshilik bilan ergashganlarga salovot va salomlar bo’lsin

Bu masalada o’zingizning sharoitingizni eng yaxshi o’zingiz bilasiz.

Agar borsangiz ham, u yerda bo’layotgan gunohlarga aralashmaslik, ularga sherik bo’lmaslikning imkoni bo’lsa, borishingiz mumkin.

Lekin agar borganingizdan keyin gunoh ishlarga qo’shilib ketishingiz aniq bo’lsa yoki buning oldini olishning iloji bo’lmasa, unda o’zingizni gunohga tashlagan bo’lasiz. Bunday holatda esa gunoh qilinayotgan joyda ota-onaning roziligi uchun gunohga kirish joiz bo’lmaydi.

Ota-onangiz bilan chiroyli muomala qiling, muloyimlik bilan tushuntiring, uzringizni ayting. Zarur bo’lsa, biror uzr yoki bahona bilan to’y kunida bormasangiz ham bo’ladi.

To’y tugagandan keyin borib, singlingizni tabriklashingiz, ota-onangizni ziyorat qilishingiz va qarindoshlik rishtalarini davom ettirishingiz mumkin.

Agar esa: “Men o’zimni saqlay olaman, to’y marosimida qatnashmayman, gunoh ishlarga aralashmayman, uyda qolaman”, deb bunga qat’iy ishonsangiz va bunga haqiqatan ham qodir bo’lsangiz, bunday yo’lni tutishingiz ham mumkin.

Bu masalada hukm sizning sharoitingizga bog’liq. O’zingizning holatingizni, iymoningizning mustahkamligini va u yerda o’zingizni qay darajada saqlay olishingizni eng yaxshi o’zingiz bilasiz.

Vallohu a’lam.

Javob muallifi:

Shayx Sodiq Samarqandiy

Maqola foydali bo’ldimi?

1

  • Telefon nasiya savdosi bilan shug‘ullanadigan kishining savoli.

    September 2, 2026
  • Hisob raqamdagi pulni firma orqali naqd qilishga oid savol.

    September 1, 2026
  • Spirtli ichimliklar bor uyda yashash va namoz o‘qish.

    August 31, 2026
  • Erkaklarga qaynana va qaynatalari borasida nasihat qiling.

    August 11, 2026
  • Mariya deb ism qo‘yish joizmi?

    August 11, 2026
  • “Kasallikdan tuzalsam, har kuni bir varaqdan Qur’on o‘qiyman”, deb nazr qilgan kishining savoli.

    August 11, 2026