Mashhur qidiruvlar:

tavhid namoz zakot
Bosh sahifa >Har xil >Erim vatanda qolgan onamni ziyorat qilishga yubormaydi…

Erim vatanda qolgan onamni ziyorat qilishga yubormaydi…

Nashr sanasi: July 24, 2026

Savol :

Ustoz, biz uch yildan beri musofirlikda yashaymiz va ilm talab qilamiz. Mening sakson yoshga yaqinlashib qolgan onam bor. Otam esa vafot etgan.

Onam tez-tez kasal bo’lib qolyapti. Opalarim va kelinoyim navbatma-navbat onamga qarashyapti. Onamni ko’rganimga bir yarim yil bo’ldi, nevaralarini ko’rmaganiga esa uch yil bo’ldi.

Onam bizni sog’inib, yo’limizga ko’z tikib yashayapti. Ammo turmush o’rtog’im meni yurtga yuborgisi kelmaydi. Holbuki, bizga aviachipta olib berishga qurbi yetadi, lekin jo’natishni istamayapti.

Ustoz, nasihat qilsangiz.

Javob :

O’xshash savol-javoblar

Bu masalada turmush o’rtog’ingiz vaziyatni to’g’ri tushunsa, juda yaxshi bo’lar edi.

 Bismillah,

Alloh taologa hamdlar, undan keyin payg‘ambar kelmaydigan oxirgi payg‘ambar, uning oilasi, sahobalari va qiyomatgacha ularga yaxshilik bilan ergashganlarga salovot va salomlar bo’lsin

Bu masalada turmush o’rtog’ingiz vaziyatni to’g’ri tushunsa, juda yaxshi bo’lar edi.

Ona ham Allohning ulug’ ne’matlaridan biridir. Ertaga inson afsus va armon chekib qolishi mumkin. Albatta, kimning qancha umr ko’rishini faqat Alloh biladi. Lekin onangizning yoshi saksonlarga yaqinlashgan ekan, bu vaqtni g’animat bilish kerak.

Agar imkon topilsa, borib onangizni ziyorat qilish, duolarini olish, diydor ko’rishish va nevaralarini ko’rsatish juda yaxshi ish bo’ladi.

Albatta, erning bunday safarni tashkil qilib berishi shar’an majburiyat emas. Ammo bunga imkoni bo’la turib, xotinini onasini ziyorat qilishiga yordam bersa, bu katta fazilat va yaxshi muomaladan hisoblanadi.

Siz esa eringiz bilan muloyimlik, hikmat va chiroyli muomala orqali gaplashishga harakat qiling. Ko’nglini olib, vaziyatni tushuntirib, kelishuv bilan bu masalani hal qilishga urinishingiz maqsadga muvofiqdir.

Vallohu a’lam.

Javob muallifi:

Shayx Sodiq Samarqandiy

Maqola foydali bo’ldimi?

1

  • Tunda ishlash xatomi?

    July 25, 2026
  • “Dinda haraj yo‘q” deyish bilan sustkashlik chegarasi.

    July 24, 2026
  • Gigienaga amal qilish hukmi.

    July 24, 2026
  • Urfga ko‘ra ota uyi kichik farzandga qolishi to‘g‘rimi?

    July 24, 2026
  • Singlimning noshar’iy o‘tadigan to‘yiga bormasligimga ota-onam ko‘nmayapti…

    July 23, 2026
  • Bolamga nasroniy dugonamning sutini ichirsam bo‘ladimi?

    July 21, 2026