Mashhur qidiruvlar:

tavhid namoz zakot
Bosh sahifa >Har xil >Gigienaga amal qilish hukmi.

Gigienaga amal qilish hukmi.

Nashr sanasi: July 24, 2026

Savol :

Ustoz, gigiyenaga amal qilish halolmi?

Javob :

O’xshash savol-javoblar

“Halolmi?” deb emas, balki: “Gigiyenaga amal qilish shartmi yoki vojibmi?” deb so’ralsa, to’g’riroq bo’ladi.

 Bismillah,

Alloh taologa hamdlar, undan keyin payg‘ambar kelmaydigan oxirgi payg‘ambar, uning oilasi, sahobalari va qiyomatgacha ularga yaxshilik bilan ergashganlarga salovot va salomlar bo’lsin

“Halolmi?” deb emas, balki: “Gigiyenaga amal qilish shartmi yoki vojibmi?” deb so’ralsa, to’g’riroq bo’ladi.

Albatta, Islom dini poklik va tozalikka katta ahamiyat beradi. Shariat insonni o’ziga zarar yetkazadigan narsalardan saqlanishga buyuradi. Alloh taolo:

“O’zlaringizni o’z qo’llaringiz bilan halokatga tashlamanglar.”

— deb marhamat qilgan.

Shuning uchun gigiyenaga rioya qilish ko’p hollarda shariat talab qiladigan ishlardan hisoblanadi.

Masalan, tirnoqlarni o’z vaqtida olib turish kerak. Agar tirnoqlar haddan tashqari o’sib, tagida kir yig’ilib qolsa, tahorat yoki g’uslda suv yetishi lozim bo’lgan joylarga to’sqinlik qilishi mumkin. Bu esa tahorat va g’uslning mukammalligiga ta’sir qiladi.

Shuningdek, qo’ltiq ostidagi va avrat joylaridagi tuklarni tozalash, mo’ylovni qisqartirish, og’izni tozalash, misvok ishlatish kabi amallar ham Islom targ’ib qilgan poklik jumlasidandir.

Ba’zi hollarda og’izni tozalash vojib darajasiga yetadi. Masalan, og’izdan odamlarni bezovta qiladigan darajada noxush hid kelayotgan bo’lsa, uni ketkazish zarur bo’ladi.

Shuningdek, Rasululloh ﷺ suv yoki ovqat ichiga puflamaslikni buyurganlar. Ovqatlanayotganda og’izdan ovqat sachratib, boshqalarning taomini iflos qilish yoki ularning ko’nglini xira qilish ham musulmonga yarashmaydi. Bunday ishlar odamlar orasida noxushlik va bir-biridan ranjish paydo qilishi mumkin.

Rasululloh ﷺ hatto sarimsoq yoki piyoz yegan kishiga, og’zining hidi ketmaguncha masjidga kelmaslikni tavsiya qilganlar. Bu esa Islomning poklik va boshqalarga ozor bermaslikka naqadar katta e’tibor berganini ko’rsatadi.

Xulosa qilib aytganda, gigiyena va poklikka rioya qilish Islomning muhim maqsadlaridan biridir. Ba’zi holatlarda bu vojib bo’ladi, ba’zi holatlarda sunnat yoki odob hisoblanadi. Har bir masala o’zining shar’iy hukmiga qarab baholanadi.

Vallohu a’lam.

Javob muallifi:

Shayx Sodiq Samarqandiy

Maqola foydali bo’ldimi?

0

  • Tunda ishlash xatomi?

    July 25, 2026
  • “Dinda haraj yo‘q” deyish bilan sustkashlik chegarasi.

    July 24, 2026
  • Erim vatanda qolgan onamni ziyorat qilishga yubormaydi…

    July 24, 2026
  • Urfga ko‘ra ota uyi kichik farzandga qolishi to‘g‘rimi?

    July 24, 2026
  • Singlimning noshar’iy o‘tadigan to‘yiga bormasligimga ota-onam ko‘nmayapti…

    July 23, 2026
  • Bolamga nasroniy dugonamning sutini ichirsam bo‘ladimi?

    July 21, 2026