Mashhur qidiruvlar:

tavhid namoz zakot
Bosh sahifa >Har xil >Avrat tuklarni junub holatda tozalasa bo‘ladimi?

Avrat tuklarni junub holatda tozalasa bo‘ladimi?

Nashr sanasi: June 20, 2026

Savol :

Badandagi olish kerak bo‘lgan tuklarni junub holida olish joizmi?

Javob :

O’xshash savol-javoblar

Albatta, buning hech qanday zarari yo‘q.

Bismillah,

Alloh taologa hamdlar, undan keyin payg‘ambar kelmaydigan oxirgi payg‘ambar, uning oilasi, sahobalari va qiyomatgacha ularga yaxshilik bilan ergashganlarga salovot va salomlar bo’lsin.

Albatta, buning hech qanday zarari yo‘q. Junub holida tirnoq olish, soch oldirish yoki badandagi tuklarni olish joizdir. Bularni qilish uchun tahoratli yoki g‘usl qilgan bo‘lish shart degan dalil yo‘q.

Shariatda mashhur qoida bor: «Al-aslu bara’atuz-zimmah» (yoki «al-bara’ah al-asliyyah»). Ya’ni, aslida inson biror narsadan mas’ul emas va narsalar joiz hisoblanadi, toki ularni man qiluvchi dalil kelmaguncha.

Shuning uchun, kimdir: «Junub holida soch olib bo‘lmaydi», «tuk olib bo‘lmaydi» yoki «tirnoq olib bo‘lmaydi», desa, bunga dalil keltirishi kerak.

Chunki asl qoida — ishlarning joizligidir. Bir narsani harom yoki man qilingan deb aytish uchun esa shar’iy dalil bo‘lishi lozim.

Vallohu a’lam.

Javob muallifi:

Shayx Sodiq Samarqandiy

Maqola foydali bo’ldimi?

1

  • Tunda ishlash xatomi?

    July 25, 2026
  • “Dinda haraj yo‘q” deyish bilan sustkashlik chegarasi.

    July 24, 2026
  • Gigienaga amal qilish hukmi.

    July 24, 2026
  • Erim vatanda qolgan onamni ziyorat qilishga yubormaydi…

    July 24, 2026
  • Urfga ko‘ra ota uyi kichik farzandga qolishi to‘g‘rimi?

    July 24, 2026
  • Singlimning noshar’iy o‘tadigan to‘yiga bormasligimga ota-onam ko‘nmayapti…

    July 23, 2026