Mashhur qidiruvlar:

tavhid namoz zakot
Bosh sahifa >Har xil >Hijobga qarshilik kuchayayotgan bu davrda nima qilsak bo‘ladi?

Hijobga qarshilik kuchayayotgan bu davrda nima qilsak bo‘ladi?

Nashr sanasi: May 4, 2026

Savol :

Ustoz, O‘rta Osiyo davlatlarida ayollarning hijoblariga qarshilik kundan-kunga kuchaymoqda. Shunday holatda nima qilish kerak?

Javob :

O’xshash savol-javoblar

Har bir inson o‘z imkoniyati darajasida Allohdan qo‘rqib, dinini tutishi kerak.

Bismillah,

Alloh taologa hamdlar, undan keyin payg‘ambar kelmaydigan oxirgi payg‘ambar, uning oilasi, sahobalari va qiyomatgacha ularga yaxshilik bilan ergashganlarga salovot va salomlar bo’lsin.

Alloh taolo buyurgan asosiy qoida shuki:

فَاتَّقُوا اللَّهَ مَا اسْتَطَعْتُمْ

Allohga qo`lingizdan kelganicha taqvo qiling 

(Surah At-Taghabun, 16-oyat)

Ya’ni har bir inson o‘z imkoniyati darajasida Allohdan qo‘rqib, dinini tutishi kerak.

Lekin “nima bo‘lsa ham, oxirigacha qarshi turib, o‘lsangiz ham taslim bo‘lmang” deb aytmaymiz. Bu masalada hikmat bilan ish tutish kerak.

Hijobga qarshi chiqayotgan insonlar o‘zlari qilayotgan ishlari uchun Alloh oldida javob beradilar. Har bir so‘z va amal hisobga olinadi. Kim bu ishga buyruq bergan bo‘lsa ham, bajargan bo‘lsa ham, unga rozi bo‘lgan yoki qo‘llab-quvvatlagan bo‘lsa ham — barchasi uchun javob beradi.

Haqiqatan ham inson hayron qoladi: ayollarning hijobidan boshqa muammo qolmadimi? Ayol iffatli bo‘lib, hijobda yursa, buning nimasi yomon? Ayniqsa, o‘zini demokratik deb bilgan jamiyatda, insonning shaxsiy huquqi bo‘lgan amaliga qarshi chiqish — bu o‘ziga o‘zi dushman orttirishdir.

Bunday holatlarda xalq ichida norozilik paydo bo‘ladi. Bizning xalqimiz musulmon xalq, va ayollarning hijobda yurishi — bu keng tan olingan masala. Bu masalada deyarli ixtilof yo‘q.

Shuning uchun bu ishga qarshi chiqayotgan insonlar Allohdan qo‘rqishlari kerak. Alloh taolo qudratli va adolatli zotdir. U insonlarga muhlat beradi, lekin vaqti kelganda ularni hisob-kitob qiladi. Alloh bilan va Uning dini bilan kurashgan inson oxir-oqibat zarar ko‘radi.

Endi muslima opa-singillarga nasihat shuki:

– qo‘ldan kelgancha taqvo qilish kerak
– o‘zini xavf ostiga qo‘ymaslik kerak
– sharoit va imkoniyatga qarab ish tutish kerak

Agar zarurat bo‘lmasa, ortiqcha tashqariga chiqmaslik ma’qul. Agar chiqish zarur bo‘lsa, imkon qadar zarar kamroq bo‘ladigan yo‘lni tanlash kerak.

Bu masalada sabr, hikmat va ehtiyot bilan ish tutish muhim.

Vallohu a’lam.

Javob muallifi:

Shayx Sodiq Samarqandiy

Maqola foydali bo’ldimi?

1

  • Men ilm olmoqchiman, ota-onam esa uylantirmoqchi. Maslahat bering.

    June 3, 2026
  • Tovarga asl narxidan balandroq narx qo‘yib, keyin arzonlatib asl narxiga sotish joizmi?

    May 25, 2026
  • Ziyofat o‘tirishlar va silai rahm tushunchasi.

    May 19, 2026
  • Sug‘urta kompaniyasi foiz olishi mumkin bo‘lgan holatga oid savol.

    May 19, 2026
  • Dropshopping biznes modeli halolmi?

    May 12, 2026
  • Qanday ilmga amal qilish farz?

    May 5, 2026