Mashhur qidiruvlar:

tavhid namoz zakot
Bosh sahifa >Namoz >Peshinni asr vaqtiga taqab o‘qisa bo‘ladimi?

Peshinni asr vaqtiga taqab o‘qisa bo‘ladimi?

Nashr sanasi: April 29, 2026

Savol :

Peshinni vaqtida o‘qish imkoni bo‘lmasa, asrga besh yoki o‘n minut qolganda o‘qisa bo‘ladimi?

Javob :

O’xshash savol-javoblar

Agar hali aniq asr vaqti kirib ulgurmagan bo‘lsa, o‘qisa bo‘ladi. Lekin bunday qilib namozni oxirigacha kechiktirib borish to‘g‘ri emas.

Bismillah,

Alloh taologa hamdlar, undan keyin payg‘ambar kelmaydigan oxirgi payg‘ambar, uning oilasi, sahobalari va qiyomatgacha ularga yaxshilik bilan ergashganlarga salovot va salomlar bo’lsin.

Agar hali aniq asr vaqti kirib ulgurmagan bo‘lsa, o‘qisa bo‘ladi. Lekin bunday qilib namozni oxirigacha kechiktirib borish to‘g‘ri emas.

Ya’ni bu holat Alloh taoloning:

فَوَيْلٌۭ لِّلْمُصَلِّينَ ٤

ٱلَّذِينَ هُمْ عَن صَلَاتِهِمْ سَاهُونَ ٥

Bir «namozxonlar»ga vayl bo`lsinki. (4)

Ular namozlarini unutuvchilardir (5)

(Surah Al-Ma’un, 4–5-oyatlar)

Shuning uchun buni odat qilib olish mumkin emas.

Agar ba’zan majburiy holatda kechikib qolsa, o‘qisa bo‘ladi. Lekin shunda ham odam aniq asr vaqti kirishidan oldin o‘qiganiga amin bo‘lishi kerak.

Bu masalada namoz vaqtlariga juda diqqatli va e’tiborli bo‘lish zarur.

Ammo doimiy ravishda peshin namozini kechiktirib, asrga yaqinlashtirib o‘qish, ba’zida hatto vaqt o‘tib ketib qolishi yoki namoz o‘qib turganda asr azonining aytilib qolishi — bu namozga beparvolik belgisi bo‘lib, Allohning ogohlantiruviga tushib qolish ehtimoli bor.

Vallohu a’lam.

Javob muallifi:

Shayx Sodiq Samarqandiy

Maqola foydali bo’ldimi?

1

  • Masjidlarda qurilish va ta’mirlash uchun kerakli mablag‘ yig‘ib bo‘linganidan keyin ham yana pul yig‘ish to‘g‘rimi?

    July 25, 2026
  • Bomdodni ko‘p qazo qilyapman…

    July 25, 2026
  • Qarz olib Haj qilishning hukmi

    July 21, 2026
  • Hajni qarzni to‘lashdan oldin ado etish hukmi

    July 21, 2026
  • Samalyotda namoz o‘qish qoidasi qanday bo‘ladi?

    July 21, 2026
  • Namozga beparvo bo‘lib qoldim, nasihat qiling.

    July 17, 2026