Mashhur qidiruvlar:

tavhid namoz zakot
Bosh sahifa >Har xil >Doktorlar amaliyot qilish kerak deb turganda, dori ichib tuzalaman deyish o‘ziga zulm qilish emasmi?

Doktorlar amaliyot qilish kerak deb turganda, dori ichib tuzalaman deyish o‘ziga zulm qilish emasmi?

Nashr sanasi: April 25, 2026

Savol :

Ustoz, onam ikki yildan buyon betob, anchadan beri yotib qolgan.

Otam o‘zi qarayapti. Doktorlar: “90–100% operatsiyasiz bo‘lmaydi, suyak yemirilishining oxirgi darajasi”, deyishyapti. Lekin onam: “Men dori ichib tuzalaman, Alloh shifo beradi”, deb operatsiyaga ko‘nmayapti. Otamga ham quloq solmayapti.

Shu holatda, agar operatsiya qildirmasa, o‘ziga zulm qilgan bo‘ladimi?

Yana savol: Shariatda “harom luqma yesa, tig‘ bilan chiqib ketadi” degan gap bormi?

Agar ona “operatsiya qildirmayman” desa, uni majburlab qildirish qanchalik muhim?


Javob :

O’xshash savol-javoblar

Bunday holatda eng avvalo ishonchli doktorlar, tajribali mutaxassislar va gapini o‘tkaza oladigan yaqin insonlar onangizga vaziyatni to‘g‘ri tushuntirib berishlari kerak.

Bismillah,

Alloh taologa hamdlar, undan keyin payg‘ambar kelmaydigan oxirgi payg‘ambar, uning oilasi, sahobalari va qiyomatgacha ularga yaxshilik bilan ergashganlarga salovot va salomlar bo’lsin.

Bunday holatda eng avvalo ishonchli doktorlar, tajribali mutaxassislar va gapini o‘tkaza oladigan yaqin insonlar onangizga vaziyatni to‘g‘ri tushuntirib berishlari kerak.

Ya’ni, bu operatsiyaning maqsadi zarar yetkazish emas, balki foyda berish, sog‘ligini tiklash ekanini tushuntirish zarur. Agar haqiqatan ham operatsiya foydali bo‘lsa, uni muloyimlik bilan, ishonch uyg‘otib, onangizni o‘z roziligi bilan ko‘ndirishga harakat qilish kerak.

Agar shunga qaramay, u kishi: “Yo‘q, men operatsiya qildirmayman, shu holatda davom etaman”, desa va rozi bo‘lmasa — majburlab bo‘lmaydi. Bu uning o‘ziga tegishli masala.

Aslida kasal odamning davolanishi vojibmi yoki yo‘qmi — bu fuqaholar o‘rtasida ixtilofli masala. Ba’zi ulamolar davolanish vojib emas, balki joiz deydi. Boshqalari esa ayrim holatlarda vojib bo‘ladi, deydi.

Men shaxsan bu masalada — agar davolanish aniq foyda beradigan bo‘lsa — vojib bo‘ladi, degan qarashni kuchliroq deb bilaman.

Chunki Alloh taolo:

وَلَا تُلْقُوا۟ بِأَيْدِيكُمْ إِلَى ٱلتَّهْلُكَةِ

“O‘zingizni halokatga tashlamanglar”, deb marhamat qilgan.

Lekin bu yerda nozik jihat bor: onangiz aytishi mumkin: “Men dori ichib davolanayapman-ku”. Ya’ni u o‘z yo‘lini tanlayapti. “Endi o‘zimni kestirishim kerakmi?” desa — bunday holatda uni majburlab bo‘lmaydi.

Shuning uchun bu masalada eng to‘g‘ri yo‘l — mutaxassis doktorlar aniq tushuntirib, foydasi va zarari bilan ishonch hosil qilishidir. Qolaversa, otangiz va boshqa yaqinlar — xolalar, qarindoshlar — hammasi birgalikda onangizni muloyimlik bilan ko‘ndirishga harakat qilishlari kerak.


Ikkinchi savol haqida:

“Harom luqma yesa, tig‘ bilan chiqib ketadi” degan gap — bu asossiz, botil gap.

Shariatda bunday tushuncha yo‘q.

Agar inson harom narsa yegan bo‘lsa:

  • u tavba qilishi kerak
  • agar birovning haqqini yegan bo‘lsa — egasiga qaytarishi kerak

Bu narsa tig‘ bilan chiqib ketmaydi.

Agar kimdir birovning haqqini yeb qo‘ygan bo‘lsa, uni jarrohlik yoki boshqa yo‘l bilan chiqarib bo‘lmaydi. Bu haq egasiga qaytarilmaguncha yoki qiyomatda hisob-kitob qilinmaguncha qoladi.

Shuning uchun bu gap — xalq orasida tarqalgan, lekin dinda asosi yo‘q noto‘g‘ri tushuncha.


Allohu a’lam.

Javob muallifi:

Shayx Sodiq Samarqandiy

Maqola foydali bo’ldimi?

1

  • Men ilm olmoqchiman, ota-onam esa uylantirmoqchi. Maslahat bering.

    June 3, 2026
  • Tovarga asl narxidan balandroq narx qo‘yib, keyin arzonlatib asl narxiga sotish joizmi?

    May 25, 2026
  • Ziyofat o‘tirishlar va silai rahm tushunchasi.

    May 19, 2026
  • Sug‘urta kompaniyasi foiz olishi mumkin bo‘lgan holatga oid savol.

    May 19, 2026
  • Dropshopping biznes modeli halolmi?

    May 12, 2026
  • Qanday ilmga amal qilish farz?

    May 5, 2026