Mashhur qidiruvlar:

tavhid namoz zakot
Bosh sahifa >Har xil >Iymonim susayib, qalbim o‘lib qoldi, nima qilay?

Iymonim susayib, qalbim o‘lib qoldi, nima qilay?

Nashr sanasi: October 4, 2025

Savol :

Ustoz, so‘nggi paytlarda iymonim susayib ketdi. Amallarimda ixlosni topa olmayapman. Qalbim butunlay o‘lib qolgandek. O‘zimni ikki holatga o‘xshatdim:

  1. Qalbi kasallangan olim.
  2. Ibn Javziy Saydul Xotirda aytgani kabi, qalbiga “qasr hayoti” o‘rnashib qolgan kishi.

U zot duolar bilan bu holatdan qutilib chiqqanlar. Lekin men bunga erisha olmayapman. Bu hayotdan ayrilish fikridan faqat iymonim qaytarib turibdi. Bir fitnaga uchrashishdan oldin, o‘zim qaytarib yurgan narsamga chaqiruvchi bo‘lib qolishdan qo‘rqaman.

Iltimos, ayting, nima qilay?

Javob :

O’xshash savol-javoblar

Qalbni yumshatadigan, isloh qiladigan amallarni ko‘paytiring: qabristonlarga boring, kasallarni ziyorat qiling, kambag‘allarga yordam bering, dardmandlarning holatiga guvoh bo‘ling. Bu qalbni uyg‘otadi va ixlosni qaytaradi.

Bismillah,

Alloh taologa hamdlar, undan keyin payg‘ambar kelmaydigan oxirgi payg‘ambar, uning oilasi, sahobalari va qiyomatgacha ularga yaxshilik bilan ergashganlarga salovot va salomlar bo’lsin.

Bu – hozir ko‘pchilikning dardi, muammosi. Hammamiz mubtalo bo‘lganmiz desa ham xato bo‘lmaydi. Alloh najot bersin.

Inson qalbini isloh qiladigan amallarni qilishi kerak. Bu hammamizga, avvalo o‘zimga ham nasihat. Qalbni yumshatadigan ishlar juda ko‘p: kasallarni ziyorat qilish, qabristonlarga borish, kasalxonalarga borib u yerdagi holatlarni ko‘rish. Shunda odam qalbi yumshaydi, Alloh bergan ne’matlarga shukr qiladi.

Qasr hayotiga o‘rganib qolgan odam musibatlarni ko‘rmay qo‘ysa, tabiiyki, qalbi qotadi. Masalan, hozir G‘azzada bo‘layotgan holatlarni bir ko‘rsangiz – u yerda bolalarni o‘liklarini ko‘mishyapti, uylar buzilib ketgan, kasalxonalarda qon yo‘q, dori yo‘q, ovqat yo‘q, sovuq yaqinlashyapti. Bunday manzaralar kishini o‘z hayotiga qarab shukr qilishga majbur qiladi.

Solih odamlar bilan ko‘proq suhbat qiling. Atrofingizda dunyoga qiziqtiradigan, reklama qilib, oxiratni unuttiradigan do‘stlaringiz bo‘lsa, ulardan uzoqlashing. Oxiratni eslatadigan insonlarni o‘zingizga do‘st qiling. Gaplaringizdan bilinyaptiki, siz tolibi ilm, tavba qiluvchi, ma’rifatli odamsiz.

Qalbni yumshatadigan ishlar yana juda ko‘p. Masalan, kambag‘allarning ahvolini borib ko‘ring, kasalhonalardagi yoki ruhiy kasalxonalardagi odamlarni ko‘ring. Bunday holatlarni ko‘rganda dunyo lazzatlari ko‘zdan uchadi, odam o‘z vodiyida emasligini, boshqa vodiylar borligini anglaydi.

Shariat bizga “hamma narsadan voz kech” demaydi. Faqat ne’matlardan to‘g‘ri foydalanishni o‘rgatadi. Mayli, yaxshi ovqat yeng, yaxshi kiyim kiying, lekin Allohni unutmang, shukr qiling.

Mana shunday amallarni qilsangiz, qalbingizda tabiiy yumshoqlik, ixlos paydo bo‘ladi. Alloh hammamizga tavfiq bersin.

Allohumma Amin.

Javob muallifi:

Shayx Sodiq Samarqandiy

Maqola foydali bo’ldimi?

0

  • Sotilgan chiptalardan tushgan bonuslar evaziga boshqa insonlarga chipta olib bersa bo’ladimi?

    October 10, 2025
  • Qarzga pul so‘rash o‘rniga muddatli to‘lovga mashina oldirish haqida savol.

    October 7, 2025
  • Yoshligida yigitlar bilan gaplashgan qizlar erga tekkach bu ishini aytishi kerakmi?

    October 7, 2025
  • Emizikli boladan ortgan ovqatni otasi yesa bo‘lmaydimi?

    October 7, 2025
  • Otasi urushqoq xo‘roz yetishtirib sotadigan yigitning savoli.

    October 6, 2025
  • Noila deb ism qo‘yish hukmi.

    October 6, 2025