Mashhur qidiruvlar:

tavhid namoz zakot
Bosh sahifa >Namoz >Imom namoz yarmida tahorati yo‘qligini eslasa, nima qiladi?

Imom namoz yarmida tahorati yo‘qligini eslasa, nima qiladi?

Nashr sanasi: September 14, 2025

Savol :

Jamoatda imomlikka o‘tgan odam namoz yarmida tahorati yo‘qligi esiga tushib qolsa, qanday yo‘l tutishi kerak? O‘rniga kimnidir o‘tkazishi kerakmi yoki namozni buzib, tahorati yo‘qligini aytib, namozni hamma boshidan boshlaydimi?

Javob :

O’xshash savol-javoblar

Agar imom namoz o‘rtasida tahoratsizligini eslasa, Hanafiy mazhabiga ko‘ra namoz buziladi, boshqasini imom qilib o‘tkazib, namozni qayta boshlash kerak. Shofe’iylarga ko‘ra esa imom chiqib ketadi, o‘rniga boshqa kishi davom ettiradi, jamoatning namozi sahih bo‘ladi.

Bismillah,

Alloh taologa hamdlar, undan keyin payg‘ambar kelmaydigan oxirgi payg‘ambar, uning oilasi, sahobalari va qiyomatgacha ularga yaxshilik bilan ergashganlarga salovot va salomlar bo’lsin.

Bu masala fuqaholar o‘rtasida ixtilofli masalalardan hisoblanadi.

 Hanafiy mazhabi bo‘yicha:
Agar imomning tahorati yo‘qligi aniqlansa, uning namozi namoz bo‘lmaydi. Imomning namozi bo‘lmaganidan keyin muqtadiylarning ham namozi bo‘lmagan hisoblanadi. Bunday paytda imom namozni to‘xtatib, tahorati yo‘qligini aytadi. Odamlar boshqa kishini imom qilib o‘tkazishlari va namozni boshidan o‘qishlari lozim bo‘ladi. O‘sha imom esa borib tahorat qilib keladi va ulgurib qolsa, yangi imomga iqtido qiladi.

 Shofe’iy mazhabi bo‘yicha:
Imomning tahorati yo‘qligi ma’lum bo‘lsa ham, jamoat namozi o‘z-o‘zidan sahih bo‘lib qolaveradi. Ya’ni imom o‘rnidan chiqib ketadi, o‘rniga boshqa kishi imom bo‘lib davom ettirishi mumkin. Bu holda muqtadiylarning namozi buzilmaydi.

Demak, masalada ixtilof bor. Xilofdan chiqib, ishonchli yo‘lni tanlash uchun Hanafiy mazhabining qavlini olish ma’qulroq. Ya’ni, imom tahorati yo‘qligini aytib, namozni to‘xtatadi va boshqa kishini imom qilib o‘tkazadi. Bu insoniy holat, xato qilish tabiiy narsa. Imom ham farishta emas, u ham unutishi mumkin. Shuning uchun odamlar bunday vaziyatda imomni malomat qilmasdan, to‘g‘ri tushunishlari lozim.

Agar imom namozni tamomlab qo‘yganidan keyin tahoratsiz bo‘lganini eslab qolsa, u o‘zi namozini qaytadan o‘qiydi. Jamoat esa o‘z namozlarini qaytadan o‘qishi kerakmi yoki yo‘qmi — bu fuqaholar orasida ixtilofli. Ammo namoz ustida bo‘lganda, imomning aytib, o‘rniga boshqa kishi o‘tishi eng afzal yo‘ldir.

Vallohu a’lam.

Javob muallifi:

Shayx Sodiq Samarqandiy

Maqola foydali bo’ldimi?

1

  • Bir yildan beri Rossiyadaman, namozimni to‘liq o‘qishim kerakmi?

    August 31, 2026
  • Yangi namoz boshlaganlarga nasihat qiling.

    August 20, 2026
  • Ayollar masjidda azon aytilishini kutmay, taqvimga ko‘ra namozni vaqtida o‘qishi afzalmi?

    August 13, 2026
  • Qazo namozlar qachon o‘qiladi?

    August 11, 2026
  • Masjidlarda qurilish va ta’mirlash uchun kerakli mablag‘ yig‘ib bo‘linganidan keyin ham yana pul yig‘ish to‘g‘rimi?

    July 25, 2026
  • Bomdodni ko‘p qazo qilyapman…

    July 25, 2026