Mashhur qidiruvlar:

tavhid namoz zakot
Bosh sahifa >Namoz >Imomlik qilish mezonlari

Imomlik qilish mezonlari

Nashr sanasi: June 1, 2025

Savol :

Mening ish joyimda to‘rt-besh davlatdan musulmonlar bor. Namoz vaqtida jamoat bo‘lamiz. Jamoatimizda viloyatlardan kelganlar ham bor. Ular qasr qilib o‘qishadi.
Kimni imomlikka chiqarishga biroz o‘ylanib qolamiz, chunki to‘rt kishi bir mazhabda, yana to‘rttasi boshqa mazhabda bo‘ladi. Alhamdulillah, hammada tajvid bor. Ammo aslida kim imomlikka ko‘proq loyiq hisoblanadi?

Javob :

O’xshash savol-javoblar

Bu borada Rasululloh sallallohu alayhi vasallam aytganidek jamoat ichida kim ilmliroq bo‘lsa, o‘sha kishi imomlikka haqli bo‘ladi

Bismillah, alhamdulillah, vas-salātu vas-salāmu ‘alā Rasulillāh, ammā ba’d.

Bu borada Rasululloh sallallohu alayhi vasallam aniq javob berganlar: “Aqra’uhum li Kitābillāh”, ya’ni “Ularning ichida kim Qur’onni ko‘proq o‘qigan bo‘lsa”. Bu hadisni ulamolar “ilmi ko‘proq bo‘lgan” deb tafsir qilishgan. Chunki sahobalar davrida Qur’onni ko‘proq bilgan odam ilmliroq hisoblangan.

Endi, agar faqat tajvidi yaxshi bo‘lgan qori bo‘lsa-yu, boshqa tomonda esa tajvidi yaxshi bo‘lgan olim kishi bo‘lsa, u holda olim kishining imomlikka haqliligi yuqoriroq bo‘ladi. Chunki ulamolar aytishicha, sunnatni ko‘proq bilgan odam afzal hisoblanadi. Sababi, sunnatni yaxshi bilgan odam Qur’onni ham to‘g‘ri o‘qiydi.

Shuning uchun jamoat ichida kim ilmliroq bo‘lsa, o‘sha kishi imomlikka haqli bo‘ladi — musofir bo‘ladimi, mahalliy bo‘ladimi, farqi yo‘q. Allohu a’lam.

Javob muallifi:

Shayx Sodiq Samarqandiy

Maqola foydali bo’ldimi?

0

  • Vitrni xuftondan alohida o‘qish shartmi?

    June 3, 2026
  • Muqtadiy 3- va 4-rakaatda “Fotiha” o‘qishi yonidagilarga yoqmasa, nima qilishi kerak?

    May 25, 2026
  • Peshin farzidan keyin necha rakaat sunnat o‘qish afzal?

    May 4, 2026
  • Namozda ayol kishining oyog‘i avrat sanaladimi?

    April 29, 2026
  • Peshinni asr vaqtiga taqab o‘qisa bo‘ladimi?

    April 29, 2026
  • O‘n yillikk qazo namozlarim tugadi, yana o‘qisam bo‘ladimi?

    April 23, 2026