Mashhur qidiruvlar:

tavhid namoz zakot
Bosh sahifa >Namoz >Musofirda sog’ligi yomonligi tufayli oyoq kiyimiga mash tortib, tahorat qilib namoz o’qisa bo’ladimi?

Musofirda sog’ligi yomonligi tufayli oyoq kiyimiga mash tortib, tahorat qilib namoz o’qisa bo’ladimi?

Nashr sanasi: May 22, 2025

Savol :

Mazam yo‘q. Shunga ertalab bomdodga tahorat olaman. Keyin peshin, asr va shomga tahorat olayotganda etigim ustidan masḥ tortaman. Oyoğimni yuvay desam, kun sovuq, mazam yo‘q. Noto‘g‘ri qilmayapmanmi?

Javob :

O’xshash savol-javoblar

Bismillah, vassalātu vassalāmu ‘alā rasūlillāh, ammā ba’d. Agar ertalab bomdodga tahorat qilgan bo‘lsangiz va tahoratdan keyin ishga ketishda etikni kiygan bo‘lsangiz — tahoratli holatda etigingizni kiygansiz. Shunda etigingiz ustidan, uni yechmasdan bemalol masḥ tortib yurishingiz mumkin: peshin, asr va shom namozlariga tahorat olayotganda. Agar yechmasangiz, sutka davomida (musofir bo‘lganingiz sababli) masḥ tortib yuraverishingiz mumkin. Vallohu a’lam.

Bismillah, vassalātu vassalāmu ‘alā rasūlillāh, ammā ba’d.
Agar etigingizni shu ish davomida yechmasangiz — ya’ni, ertalab bomdodga tahorat qilgan bo‘lsangiz va tahoratdan keyin ishga ketishda etikni kiygan bo‘lsangiz — tahoratli holatda etigingizni kiygansiz. Shunda etigingiz ustidan bemalol masḥ tortib yurishingiz mumkin: peshin, asr va shom namozlariga tahorat olayotganda.

Qachonki etigingizni yechsangiz, undan keyin qaytib kiysangiz, unga masḥ tortib bo‘lmaydi. Agar yechmasangiz, sutka davomida (musofir bo‘lganingiz sababli) masḥ tortib yuraverishingiz mumkin.

Vallohu a’lam.

Javob muallifi:

Shayx Sodiq Samarqandiy

Maqola foydali bo’ldimi?

0

  • Bir yildan beri Rossiyadaman, namozimni to‘liq o‘qishim kerakmi?

    August 31, 2026
  • Yangi namoz boshlaganlarga nasihat qiling.

    August 20, 2026
  • Ayollar masjidda azon aytilishini kutmay, taqvimga ko‘ra namozni vaqtida o‘qishi afzalmi?

    August 13, 2026
  • Qazo namozlar qachon o‘qiladi?

    August 11, 2026
  • Masjidlarda qurilish va ta’mirlash uchun kerakli mablag‘ yig‘ib bo‘linganidan keyin ham yana pul yig‘ish to‘g‘rimi?

    July 25, 2026
  • Bomdodni ko‘p qazo qilyapman…

    July 25, 2026