Mashhur qidiruvlar:

tavhid namoz zakot
Bosh sahifa >Namoz >Yosh bolalariga qarab, tunda yaxshi uxlay olmay uxlab qolsa uzr bormi?

Yosh bolalariga qarab, tunda yaxshi uxlay olmay uxlab qolsa uzr bormi?

Nashr sanasi: April 29, 2025

Savol :

Yosh bolalarim bor, ulardan biri 1 yoshdan sal oshgan. Unga kechasi bo‘tqa tayyorlash, tagligini almashtirish va yig‘lasa yupatish uchun juda ko‘p uyg‘onaman. Boshqa bolalarim ham kechasi hojatga chiqish yoki suv ichish uchun uyg‘onadi. Shu sababli tunda yaxshi uxlay olmayman. Tongga yaqin boshim og‘rib qoladi va bomdod namoziga uyg‘onishga kuchim yetmaydi — aksar hollarda uxlab qolaman. Men kabi holatdagilarga uzr bormi? Nima maslahat berasiz?

Javob :

O’xshash savol-javoblar

Rasululloh sollallohu alayhi vasallam aytganlar: “Insonning sustkashligi uxlab qolishida emas. Sadoqat bilan harakat qilgan odam uxlab qolsa, bu gunoh emas.” Yana aytilgan: “Sustkashlik uyg‘oqlikda bo‘ladi.” Ya’ni, uyg‘oq turib namozni o‘tkazib yuborish — bu gunohdir. Uxlab qolgan odamning ruhi Allohning qo‘lidadir. Alloh taolo o‘zi xohlagan paytda uni uyg‘otadi. Agar siz sidqidildan turishga niyat qilsangiz va Alloh qalbingizdagi ixlosni bilsa, u holda siz uzrli bo‘lasiz. Chunki Alloh uzrni qabul qiluvchi Zotdir. Harakat qiling, Alloh taolo harakatingizga yarasha ajr beradi. Vallohu a’lam.

Agar siz bomdod namoziga turishga harakat qilsangiz va shu harakatingizni Alloh ko‘rsa, bilsa — ya’ni bu haqiqatdan chin dildan bo‘lsa — keyin shunday bo‘lib ham uxlab qolsangiz, bu zararli bo‘lmaydi. Chunki siz qo‘lingizdan kelgancha harakat qilgansiz.

Kechasi bir necha marta uyg‘onib, bolangizga qaraganday qilib bomdodga ham uyg‘onsangiz, bu juda yaxshi bo‘ladi. Masalan, ijtimoiy tarmoqlarga kirmay, turib tahorat qilsangiz, namozingizni o‘qib keyin yotib olsangiz — bu yaxshi niyatdir. Agar chindan niyat qilgan bo‘lsangiz, Alloh taolo o‘zi uyg‘otadi. Sizdan talab qilinadigan narsa — harakat. Shunga qaramay, baribir uxlab qolayotgan bo‘lsangiz, bilingki, Alloh taolo uzrni qabul qiluvchi Zotdir.

Rasululloh sollallohu alayhi vasallam aytganlar:
“Insonning sustkashligi uxlab qolishida emas. Sadoqat bilan harakat qilgan odam uxlab qolsa, bu gunoh emas.”
Yana aytilgan: “Sustkashlik uyg‘oqlikda bo‘ladi.” Ya’ni, uyg‘oq turib namozni o‘tkazib yuborish — bu gunohdir. Masalan, peshin namozini asrga yaqin o‘qish, yoki asrni quyosh botishiga tirab o‘qish — bu xatodir.

Ammo uxlab qolgan odamning ruhi Allohning qo‘lidadir. Alloh taolo o‘zi xohlagan paytda uni uyg‘otadi. Agar siz sidqidildan turishga niyat qilsangiz va Alloh qalbingizdagi ixlosni bilsa, u holda siz uzrli bo‘lasiz. Chunki Alloh uzrni qabul qiluvchi Zotdir.

Harakat qiling, Alloh taolo harakatingizga yarasha ajr beradi.
Vallohu a’lam.

Javob muallifi:

Shayx Sodiq Samarqandiy

Maqola foydali bo’ldimi?

0

  • Ustoz, otam namoz o‘qimaydilar. U kishini qanday qilib ko‘ngillariga og‘ir botmaydigan tarzda namozga chaqirsam bo‘ladi?

    June 4, 2025
  • Mahsiga mash tortish uchun tahorat bo‘lishi kerakmi? Va uning shartlari qanday?

    June 4, 2025
  • Juma namoziga borishdan xavfsirayotgan kishi nima qilishi kerak?

    June 4, 2025
  • Xufton va vitr namozlarining qazosini o’qilish vaqtlari haqida

    June 1, 2025
  • Imomlik qilish mezonlari

    June 1, 2025
  • Ko‘chada namoz o‘qish imkoniyati yo‘q bo‘lsa, ayol namozni jamlasa bo‘ladimi?

    May 26, 2025