Mashhur qidiruvlar:

tavhid namoz zakot
Bosh sahifa >Namoz >Agar bir kishi 1 kun davomida namoz o‘qiy olmasa, u qanday qilib qazolarni ado qiladi?

Agar bir kishi 1 kun davomida namoz o‘qiy olmasa, u qanday qilib qazolarni ado qiladi?

Nashr sanasi: April 21, 2025

Savol :

Ustoz, 20 soat safarda yo‘lda yurganim bois peshin, asr, shom va xufton namozlarini o‘qiy olmadim. Manzilga yetganimda bu namozlarning qazolarini qanday ado etaman?

Javob :

O’xshash savol-javoblar

Agar biror sababli uzr bilan bir kishi 1 kun davomida 5 vaqt namozni o‘qiy olmagan bo‘lsa, ularga qazo niyati bilan tartib bilan qayta o‘qishi lozim.

Bismillah,

Alloh taologa hamdlar, undan keyin payg‘ambar kelmaydigan oxirgi payg‘ambar, uning oilasi, sahobalari va qiyomatgacha ularga yaxshilik bilan ergashganlarga salovot va salomlar bo’lsin.

“Qazo qilib o‘qiy olmadim” degan gapingiz biroz ajablanarli. Chunki musulmon odamning namozni o‘qiy olmasligi juda kam uchraydigan holat.

Agar holatingiz haqiqatan Rasululloh ﷺ Xandaq gazotida bo‘lganidek — ya’ni namoz o‘qishga imkon qolmagan darajada bo‘lgan bo‘lsa — bu boshqa masala. Lekin hozirgi zamonda safarda bo‘lgan odam istalgan joyda, samolyotda, aeroportda yoki avtobusda bo‘lsa ham, ishora bilan bo‘lsa ham, o‘z joyida namozni ado eta oladi.

Shuning uchun, Alloh kechirsin, nima sababdan o‘qiy olmaganingizni bilmayman. Mening sizga nasihatim — hech qachon namozni qazo qilmang. Chunki qazo qilishdan ko‘ra, har qanday holatda ham uni vaqtida o‘qib olish afzal va lozim.

Alloh taolodan sizga namozga baraka, tavfiq va davomiylik bersin. Namozni qasddan qazo qilishdan ehtiyot bo‘ling. Albatta, agar uxlab qolgan bo‘lsangiz yoki bexabar qolgan bo‘lsangiz, bu uzrli holat.

Endi qazo qilib yuborgan bo‘lsangiz, ularni tartib bilan ado eting:

  1. Peshin,

  2. Asr,

  3. Shom,

  4. Xufton — shu tartibda faqat farzlarini ado etasiz.

Agar ushbu namozlar safar holatida qazo bo‘lgan bo‘lsa, quyidagicha o‘qiladi:

  • Peshin – 2 rakat (qasr),

  • Asr – 2 rakat (qasr),

  • Shom – 3 rakat (to‘liq),

  • Xufton – 2 rakat (qasr).

Agar namozlar iqomat joyingizda qazo bo‘lgan bo‘lsa, barcha farzlar to‘liq (ya’ni 4 rakatli bo‘lsa – to‘rt rakat qilib) o‘qiladi.

Vallohu a‘lam.

Javob muallifi:

Shayx Sodiq Samarqandiy

Maqola foydali bo’ldimi?

0

  • Ustoz, otam namoz o‘qimaydilar. U kishini qanday qilib ko‘ngillariga og‘ir botmaydigan tarzda namozga chaqirsam bo‘ladi?

    June 4, 2025
  • Mahsiga mash tortish uchun tahorat bo‘lishi kerakmi? Va uning shartlari qanday?

    June 4, 2025
  • Juma namoziga borishdan xavfsirayotgan kishi nima qilishi kerak?

    June 4, 2025
  • Xufton va vitr namozlarining qazosini o’qilish vaqtlari haqida

    June 1, 2025
  • Imomlik qilish mezonlari

    June 1, 2025
  • Ko‘chada namoz o‘qish imkoniyati yo‘q bo‘lsa, ayol namozni jamlasa bo‘ladimi?

    May 26, 2025