Mashhur qidiruvlar:

tavhid namoz zakot
Bosh sahifa >Namoz >Namoz o‘qimaydigan odamga “Hech bo‘lmasa farzini o‘qi” deb nasihat qilish joizmi?

Namoz o‘qimaydigan odamga “Hech bo‘lmasa farzini o‘qi” deb nasihat qilish joizmi?

Nashr sanasi: April 15, 2025

Savol :

Bir birodar klinikada ishlaydi. Namoz o‘qi desam, “vaqtim yo‘q, imkon bo‘lmay qoladi”, deb bahona qiladi. “Boshlashim kerak”, deb yuradi, lekin erinchoqlik qiladi. Men unga: “Erinsang ham, hech bo‘lmasa farz namozlarni o‘qib yur”, deb nasihat qilsam bo‘ladimi?

Javob :

O’xshash savol-javoblar

Ha, albatta joiz. Agar inson hali butunlay namozga kirisha olmagan bo‘lsa, uni asta-sekinlik bilan rag‘batlantirish, hech bo‘lmasa farz namozlarini ado etishga chaqirish foydali bo‘ladi.

Bismillah,

Alloh taologa hamdlar, undan keyin payg‘ambar kelmaydigan oxirgi payg‘ambar, uning oilasi, sahobalari va qiyomatgacha ularga yaxshilik bilan ergashganlarga salovot va salomlar bo’lsin.

Albatta, bo‘ladi. Musulmonchilik asta-sekinlik bilan boshlanadi. Maqol bor: “Musulmonchilik asta-asta, kofirchilik birdan,” deb. Shuning uchun sekinlik bilan, yumshoqlik bilan tushuntiring. Agar u farz namozlarni o‘qishga rozi bo‘layotgan bo‘lsa, aynan shundan boshlasangiz yaxshi bo‘ladi.

Agar ishining tig‘izligi sabab sunnatlarni bajara olmasa ham, hech bo‘lmasa farzlarini qisqacha qilib, tartib bilan ado etsin — bu katta qadam bo‘ladi. So‘ng, Alloh xohlasa, qalbi ochilib, keyinchalik sunnatlarga ham o‘tadi.

Yaxshi muomala, iloji boricha undovchi, rag‘batlantiruvchi yo‘l bilan nasihat qilishingiz lozim. Alloh taolo unga ham, sizga ham hidoyat va baraka bersin.
Vallohu a‘lam.

Javob muallifi:

Shayx Sodiq Samarqandiy

Maqola foydali bo’ldimi?

0

  • Bir yildan beri Rossiyadaman, namozimni to‘liq o‘qishim kerakmi?

    August 31, 2026
  • Yangi namoz boshlaganlarga nasihat qiling.

    August 20, 2026
  • Ayollar masjidda azon aytilishini kutmay, taqvimga ko‘ra namozni vaqtida o‘qishi afzalmi?

    August 13, 2026
  • Qazo namozlar qachon o‘qiladi?

    August 11, 2026
  • Masjidlarda qurilish va ta’mirlash uchun kerakli mablag‘ yig‘ib bo‘linganidan keyin ham yana pul yig‘ish to‘g‘rimi?

    July 25, 2026
  • Bomdodni ko‘p qazo qilyapman…

    July 25, 2026