Mashhur qidiruvlar:

tavhid namoz zakot
Bosh sahifa >Namoz >Namoz o‘qimay ro‘za tutadigan odamlarni hukmi.

Namoz o‘qimay ro‘za tutadigan odamlarni hukmi.

Nashr sanasi: February 23, 2025

Savol :

Oramizda ro‘za tutib, shu ro‘za orqali Allohga yaqinlashmoqchi bo‘lgan insonlar bor. Lekin ular besh mahal namozni ado etmaydilar. Shayx, shunday insonlarga nima nasihat berasiz?

Javob :

O’xshash savol-javoblar

Javobning qisqacha mazmuni: Kimki namozni butkul tark etsa va hech qachon namoz o‘qimasa, uning ro‘zasi ham, haji ham, Allohni zikr qilishi ham, sadaqasi ham unga manfaat keltirmaydi.

Bismillah,

Alloh ta’ologa hamdlar, undan keyin payg’ambar bo’lmaydigan payg’ambarga, uning oilasi, sahobalari va to qiyomatgacha ularga yaxshilikda ergashganlarga salavot va salomlar bo’lsin.

Birinchi navbatda, ro‘za tutib, ammo besh mahal namozni o‘qimaydigan kishilarga shunday deymiz:

Shubhasiz, ro‘za yaxshi amal va Allohga yaqinlashish sababidir. Lekin namozsiz inson qanday xayrga umid qilishi mumkin? Qaysi amal uni Allohga yaqinlashtirishi mumkin?

Abu Dovud rivoyat qiladi:
Payg‘ambar (alayhissalotu vassalam) Buraýda (roziyallohu anhu)dan kelgan hadisda shunday deganlar:

“Biz bilan ular o‘rtasini ajratadigan ahd – namozdir. Kim uni tark etsa, u kofir bo‘ldi.” (Abu Dovud, 4678; Tirmiziy, 2621; Sahih hadis)

Imom Muslim rivoyat qilgan hadis:
Payg‘ambar (alayhissalotu vassalam) aytdilar:

“Inson bilan shirk va kufr o‘rtasidagi chegara – namozni tark etishdir.” (Muslim, 82)

Shuning uchun, Payg‘ambar (alayhissalotu vassalam)ning so‘zlariga binoan, namozni tark etgan kishi mushrik va kofir bo‘ladi.

Kimki namozni butkul tark etsa va hech qachon namoz o‘qimasa, uning ro‘zasi ham, haji ham, Allohni zikr qilishi ham, sadaqasi ham unga manfaat keltirmaydi. Hatto agar u Uhud tog‘icha oltin sadaqa qilsa ham, uning amali qabul qilinmaydi, to u yana namozni ado qilishni boshlamasa.

Islom dinining asosi va eng muhim ustuni – bu namozdir.
U ikkita shahodat kalimasidan keyingi eng ulug‘ rukn hisoblanadi.

Vallohu A’lam.

Javob muallifi:

Shayx Xolid al-Fulayj

Maqola foydali bo’ldimi?

0

  • Karnay orqali azon eshitilsa, masjidga borish vojib bo‘ladimi?

    July 22, 2025
  • 12 yoshdaman, juma namoziga chiqishim vojibmi?

    July 17, 2025
  • Namoz o‘qishni yangi o‘rganayotgan ayolim orqamda turib namoz o‘qisa, qabul bo‘ladimi?

    July 9, 2025
  • Peshin namozining avvalidagi to‘rt rakat sunnatini ikki rakat qilib o‘qisam bo‘ladimi?

    July 9, 2025
  • Namozda peshob kelgandek tuyilaversa, nima qilish kerak?

    July 7, 2025
  • Bomdod sunnatini Farzidan keyin o’qisa bo’ladimi?

    July 4, 2025