Mashhur qidiruvlar:

tavhid namoz zakot
Bosh sahifa >Namoz >Takbirni to’g’ri aytmagan odamni namozi qabul bo’ladimi?

Takbirni to’g’ri aytmagan odamni namozi qabul bo’ladimi?

Nashr sanasi: January 11, 2025

Savol :

“Allohu Akbar” degan takbirni “r” harfini to‘g‘ri talaffuz qilaolmay, uni “l” deb aytadigan kishining namoz qabul bo‘ladimi?

Javob :

O’xshash savol-javoblar

Javobning qisqacha mazmuni: Agar, u barcha harakatlariga qaramay, “r” harfini to‘g‘ri ayta olmasa va bu uning imkoniyati chegarasi bo‘lsa, uning namozi to‘g‘ri bo‘lib, uning gunohi bo‘lmaydi.

Bismillah,

Alloh ta’ologa hamdlar, undan keyin payg’ambar bo’lmaydigan payg’ambarga, uning oilasi, sahobalari va to qiyomatgacha ularga yaxshilikda ergashganlarga salavot va salomlar bo’lsin.

Agar, u imom bo‘lsa unga imomlik qilishdan tiyilish tavsiya etiladi. Chunki, u takbirni xatolik bilan aytadi. Agar, u imom ortida namoz o‘qisa yoki yakka o‘zi namoz o‘qisa, unda u o‘z imkoniyati doirasida taqvoga rioya qilishi lozim.

Agar, u “r” harfini to‘g‘ri talaffuz qila olmasa va bu uning imkoniyatlari doirasidagi eng yuqori daraja bo‘lsa, uning namozi to‘g‘ri hisoblanadi va uning gunohi bo‘lmaydi. Ammo, unga takbirni to‘g‘ri talaffuz qilishni o‘rganish va “Allohu Akbar” deb to‘g‘ri aytishga harakat qilish tavsiya etiladi.

Agar, u barcha harakatlariga qaramay, “r” harfini to‘g‘ri ayta olmasa va bu uning imkoniyati chegarasi bo‘lsa, uning namozi to‘g‘ri bo‘lib, uning gunohi bo‘lmaydi.

Vallohu A’lam

Javob muallifi:

Shayx Xolid al-Fulayj

Maqola foydali bo’ldimi?

0

  • Qiz bola necha yoshdan namoz boshlaydi?

    February 7, 2026
  • O‘limdan avval kasallik sababli 3-4 kun o‘qilmay qolgan namozlar hukmi.

    February 3, 2026
  • Namozda farzdan keyin salom berdimmi-yo‘qmi deb ikkilansa, nima qiladi?

    January 31, 2026
  • Peshinning sunnatini 2 rakaatdan o‘qish kerakmi?

    January 28, 2026
  • Masjidga chiqayotgan kishilarning soqolini olishga majburlashyapti…

    January 26, 2026
  • Narkoz sababli o‘rnidan turolmay qolgan va xotirasini yo‘qotgan kishi qanday namoz o‘qiydi?

    January 24, 2026